1-bob. Algoritm va dasturlashga kirish


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana22.01.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1108634
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1-ma\'ruza

Sanab oʻtiluvchi tip. Koʻp miqdordagi, mantiqan bogʻlangan 
oʻzgarmaslardan foydalanilganda sanab oʻtiluvchi tipdan foydalanilgani 
maʻqul. Sanab oʻtiluvchi oʻzgarmaslar enum kalit soʻzi bilan aniqlanadi. 
Mazmuni boʻyicha bu oʻzgarmaslar oddiy butun sonlardir. Sanab 
oʻtiluvchi oʻzgarmaslar С++ standarti boʻyicha butun tipdagi 
oʻzgarmaslar hisoblanadi. Har bir oʻzgarmasga (songa) mazmunli nom 
beriladi va bu identifikatorni dasturning boshqa joylarida nomlash uchun 
ishlatilishi mumkin emas. Sanab oʻtiluvchi tip quyidagi koʻrinishga ega: 
enum 
oʻtiladigan 
tip 
nomi> 

1
>=1
>, 
2
>=2
>, … n
>=n
> }; 
Bu yerda, enum - kalit soʻz (inglizcha enumerate- sanamoq); oʻtiladigan tip nomi>- oʻzgarmaslar roʻyxatining nomi; i
> - butun 
qiymatli konstantalarning nomlari; i
>- shart boʻlmagan 
initsializatsiya qiymati (ifoda). 
Misol uchun hafta kunlari bilan bogʻliq masala yechishda hafta 
kunlarini dush (dushanba), sesh (seshanba), chor (chorshanba), paysh 
(payshanba), juma (juma), shanba (shanba), yaksh (yakshanba) 
oʻzgarmaslarini ishlatish mumkin va ular sanab oʻtiluvchi tip yordamida 
bitta satrda yoziladi: 
enum Hafta {dush,sesh,chor,paysh,juma,shanba,yaksh};
Sanab oʻtiluvchi oʻzgarmaslar quyidagi xossaga ega: agar 
oʻzgarmas qiymati koʻrsatilmagan boʻlsa, u oldingi oʻzgarmas 
qiymatidan bittaga ortiq boʻladi. Kelishuv boʻyicha birinchi oʻzgarmas 
qiymati 0 boʻladi.
Initsializatsiya yordamida oʻzgarmas qiymatini oʻzgartirish 
mumkin: 
enum Hafta {dush=8,sesh,chor=12,paysh=13,juma=16, 
shanba, yaksh=20}; 
Bu eʻlonda sesh qiymati 9, shanba esa 17 ga teng boʻladi. 
Sanab oʻtiluvchi oʻzgarmaslarning nomlari har xil boʻlishi kerak, 
lekin ularning qiymatlari bir xil boʻlishi mumkin: 
enum{nol=0,toza=0,bir,ikki,juft=2,uch}; 
Oʻzgarmasning qiymati ifoda koʻrinishda berilishi mumkin, faqat 
ifodadagi nomlarning qiymatlarishu qadamdagacha aniqlangan boʻlishi 
kerak: 
enum {ikki=2,turt=ikki*2}; 


22 
Oʻzgarmasni qiymatlari manfiy son boʻlishi ham mumkin: 
enum{minus2=-2,minus1,nul,bir}; 
Tipni boshqa tipga keltirish. С++ tilida bir tipni boshqa tipga 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling