1 bob. Bpyo nima


Kasbiy kuyish profilaktikasi


Download 47.94 Kb.
bet16/16
Sana16.06.2023
Hajmi47.94 Kb.
#1490122
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BPYO

5.3. Kasbiy kuyish profilaktikasi
Yordam berishda siz insonlar xavfsizligiga va ularga g‘amxo‘rlik qilishga javobgarlik his etasiz. Siz vayronalar, yaralanishlar, o‘lim va zo‘ravonliklar guvohi bo‘lishingiz va to‘g‘ridan to‘g‘ri bunday hodisalarda aziyat chekishingiz mumkin. Bularning barchasi sizga va sizning hamkasblaringizga ta’sir etmay qolmaydi. Shaxsiy stressni qanday yengish kerakligi, hamkasblaringizni qanday qo‘llab-quvvatlash haqida va o‘z navbatida ularning yordamlarini olish xaqida o‘ylab ko‘ring.
Stressni boshqarishda quyidagi tavsiyalar kerak bo‘lishi mumkin :
Oldin sizga stressni yengishda nima yordam berganligi xaqida o‘ylab ko‘ring.
Ovqatlanish, dam olish va tinchlanish uchun vaqt topishga harakat qiling, ozgina vaqt bo‘lsa ham.
O‘zingizni charchatib qo‘ymaslik uchun oqilona ish soatlariga rioya qilishga harakat qiling. Masalan, hamkasblaringiz bilan ish hajmini taqsimlab, inqirozning o‘tkir davrida dam olish vaqtlarini belgilagan holda navbat bilan ishlash imkoniyatini ko‘rib chiqing.
Inqirozli voqealar pisxologik qiyinchiliklarni manbai bo‘lib qolishi mumkin. Insonlarning barcha muommalarini yecha olmasligingizni tushunib, o‘zingizni hech nimaga yaroqsizligingizni va umidsizlikni his qilishingiz mumkin.
Yodda tuting, siz insonlarning barcha muammolarini yechishga majbur emassiz – jabrlanuchilarga kelgan ofatlarda mustaqil chiqa olishlarida oddiygina qo‘lingizdan keladigan barcha yordamni ko‘rsating.
Alkogol, kofein va tamaki mahsulotlarni iste’mol qilishni kamaytiring, retseptsiz dorilarni ichishga qiziqmang.
Hamkasblaringiz o‘zlarini qanday his qilayotganlarini so‘rang va sizdan ham so‘rashlariga yo‘l qo‘ying. Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlash yo‘llarini toping.
Siz ishongan do‘stlaringiz, yaqinlaringiz va boshqa insonlar bilan muloqot qiling – ular sizni qo‘llab-quvvatlasinlar.
Hamkasblaringiz bilan tajriba ulashing:
Inqirozli vaziyatda yordam berish vaqtidagi kechinmalaringiz haqida boshlig‘ingiz, hamkasblaringiz yoki yana ishongan biron-bir inson bilan gaplashing. 
Boshqalarga yordam berishda qilgan har bir ishingiz uchun, hattoki u kichkina yordam bo‘lgan bo‘lsa ham, o‘zingizni maqtang. 
Boshingizdan kechirganlarni o‘ylab ko‘rish va tushunishni o‘rganing, nimani yaxshi qildingiz, nimani yaxshi emas, shuningdek kelib chiqqan vaziyatda o‘z imkoniyatlaringiz chegarasini aniq baholang.
Har kungi majburiyatlaringizni bajarishdan oldin imkon qadar dam olishga va relaksatsiyaga vaqt toping.
Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling