1 bob. Bpyo nima
Inqirozli vaziyatda kimlar ko‘prov e’tiborga muhtoj bo‘lishi mumkin
Download 47.94 Kb.
|
BPYO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordam kerak bo‘lgan insonlarga murojaat qiling.
Inqirozli vaziyatda kimlar ko‘prov e’tiborga muhtoj bo‘lishi mumkin:
• Bolalar, shuningdek o‘smirlar, ayniqsa ular ota-ona yoki vasiylaridan ajratilgan bo‘lsalar, zo‘ravonlik va ekspluatatsiyadan himoya qilinishga muhtoj bo‘ladilar. Ularga shuningdek, asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirishlarida ko‘p hollarda atrofidagilarining g‘amxo‘rliklari kerak bo‘ladi. • Sog‘lig‘ida buzilishlari yoki jismoniy va psixik ehtiyojlari bor insonlar xavfsiz joyga borib olishlarida, zo‘ravonlikdan himoyalanishda, tibbiy yordam va boshqa xizmatlar olishda maxsus yordamga muhtoj bo‘ladilar. Bu guruhga qariyalar, xomilador ayollar, aqliy, ko‘rish va eshitishida buzilishlarga ega insonlar kiradi. • Inqirozli vaziyatda kamsitilishga va zo‘ravonlikka uchraydigan insonlar, masalan, ayollar yoki aniq etnik guruh vakillari ko‘p hollarda maxsus himoyaga va mavjud yordamlarni olishda qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladilar. Tinglash Insonlarni qanday vaziyatga tushib qolganliklarini tushunish, ularning ehtiyojlarini, ularni tinchlanishlariga va ularga yordam berish uchun ularni tinglashni bilish lozim. Siz inson bilan suhbatlashayotganizda tinglang: diqqat bilan e’tibor qilayotganingizni ko‘rsatgan holda - ko‘zingiz bilan; insonni aniq nima tashvishga solayotganligini chindan ham tushunish uchun – qulog‘ingiz bilan; hamdardlik va hurmat ko‘rsatish uchun - yurak bilan. Yordam kerak bo‘lgan insonlarga murojaat qiling. Insonlarga hurmat bilan va ularning madaniyatlariga xos tarzda muomala qiling. • O‘zingizni tanishtiring: ismingizni va tashkilotingiz nomini ayting. • Qanday yordam ko‘rsatishgizni so‘rang. • Imkon qadar, suhbat uchun qulay va tinch joy toping. • Oddiy qulay vaziyat tashkil qiling: suv va boshqa narsalarni bering. • Insonni, unga to‘g‘ridan to‘g‘ri xavf solayotgan joydan olib chiqing, agar bu ishni xavfsiz qilish mumkin bo‘lsa. • Jabrlanuvchini uning shaxsiy xayotga va qadr-qimmatga bo‘lgan huquqini himoya qilgan holda muxbirlar e’tiboridan cheklashga harakat qiling. • Agar inson tushkun holatda bo‘lsa, uni yolg‘iz qoldirmaslikka harakat qiling. 2. Insonlar nimaga muhtojliklarini va ularni nima tashvishga solayotganini so‘rang. • Bir xil ehtiyojlar shundog‘am ko‘rinib turishi mumkin, masalan, insonni kiyimi yirtilgan bo‘lsa unga yoping‘ich berish lozim. Shunday bo‘lsada, har doim inosnlarga nima kerakligi va ularda qanday muammolar borligini so‘rang. • Ulardan hozir nimaga ko‘proq muhtojliklari va ularga birinchi navbatda nima zarurligini tushunib yetishlariga yordam bering. 3. Eshiting va tinchlantirishga yordam bering • Oldilarida bo‘ling. • Insonlarni kechirgan voqealarini aytib berishlariga zo‘rlamang. • Agar ular bo‘lib o‘tganlar xaqida aytib berishni hoxlasalar ularni diqqat bilan tinglang. • Agar inson qattiq stressni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, u yolg‘iz qolib ketmasligiga ishonch hosil qiling. Download 47.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling