1 bob. Bpyo nima


O‘z-o‘ziga yordam berish. Kasbiy kuyishning oldini olish


Download 47.94 Kb.
bet15/16
Sana16.06.2023
Hajmi47.94 Kb.
#1490122
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BPYO

O‘z-o‘ziga yordam berish. Kasbiy kuyishning oldini olish
Ushbu bobni o‘qib chiqib, siz bilib olasiz:

  • Yordamni yakunlash

  • O‘ziga g‘amxo‘rlik qilish

  • Kasbiy kuyish profilaktikasi

5.1. Yordamni yakunlash
Keyin nima bo‘ladi? Siz qachon va qanay qilib yordam berishni yakunlashingiz, inqiroz sharoitlaridan, sizning rolingiz va holatingiz va siz yordam berayotgan insonlarning ehtiyojlaridan kelib chiqadi.
O‘zingizning holatga beradigan bahoingizga, jabrlanuvchilarning va o‘zingizning ehtiyojlaringizga tayaning.
Kerak bo‘lganida insonlarga ketayotganingizni, agar kimdur o‘sha vaqtdan ularga yordam berishni boshlasa ularni yangi inson bilan tanishtirishga harakat qiling.
Agar siz jabrlanuvchini boshqa xizmatlarga yo‘naltirgan bo‘lsangiz nima kutishni unga tushuntirib bering, va unda keyingi aloqa uchun kerakli ma’lumot borligiga ishonch hosil qiling.
Jabrlanuvchi bilan muloqot tajribangiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar unga muvafaqiyat tilagan holda yaxshi xayrlashing.

5.2. O‘ziga g‘amxo‘rlik qilish
Yordam berishga intilish – har bir insonning tabiiy hoxishidir. Vaqtida yordam qo‘lini cho‘zish inson xayotidagi qo‘rqinchli vaziyatlar bilan kurasha olishida yordam berishi mumkin. Lekin quyidagilarni yodda tutish lozim :
• O‘zingizni xavfsizligingizga g‘amxo‘rlik qiling. Tashqi sharoitlarni, yordam berishga tayyor ekanligingiz bo‘yicha qaror qabul qilishdan oldin holatingizni va kuchingizni real baholang.
• Agar siz insonga yordam berishga tayyor emasligingizni his qilsangiz, qo‘rquv bo‘lsa va u bilan suhbatashish yoqimsiz bo‘lsa buni qilmang. Yordam berishingizgda ishonchsizlik his qilayotgan bo‘lsangiz (yoki siz qanday aniq harakatlar qilishingiz xaqida to‘g‘ri tushunayotgan bo‘lsangiz) maxsus mutaxassislarga murojaat qiling.
Sizning yordamingiz muhim bo‘lgan qiyin vaziyatlarda, harakat qiling:
• Inqirozli vaziyatni bartaraf etish bo‘yicha tegishli organlar ko‘rsatmalariga, boshqaruv choralariga rioya qiling;
• Qanday ta’sir etish choralari qo‘lanilayotganiga va muhtojlarga yordam berish uchun qanday resurslar borligi xaqida xabardor bo‘lish;
• Qidiruv- qutqaruv opretsiyalariga va tibbiyot xodimlari ishlariga xalaqit bermaslik;
• O‘z funksiyalari va chegaralar xaqida aniq tasavvurga ega bo‘lish.


Download 47.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling