BOLALARGA QANDAY YORDAM KO‘RSATISH KЕRAK
Chaqaloqlarga
• Ularni issiqda va xavfsiz joyda ushlang.
• Ularni baland shovqindan va betartiblikdan uzoqroqda ushlang.
• Ularni tez-tez quchoqlang va bag‘ringizga bosing. Imkon qadar ovqatlantirish va uyquni grafigiga rioya qiling.
• Mayin va xush yoqadigan ovozda gapiring.
ILK YOSHDAGILARGA
• Ularga ko‘proq vaqt va e’tibor ajrating.
• Har doim ular xavfsizlikda ekanliklarini eslatib turing.
• Sodir bo‘lganlarda ularning ayblari yo‘qligini tushuntiring.
• Bolalarni ular xaqida g‘amxo‘rlik qilayotganlar bilan, aka-uka, opa-singil va yaqinlari bilan ajratmaslikka harakat qiling.
• Imkon qadar odatiy jarayonlarni bajaring va kun tartibiga rioya qiling.
• Nimalar bo‘lgani xaqidagi savollariga oddiy so‘zlar bilan, cho‘chitadigan tafsilotlarsiz javob bering.
• Bolalar qo‘rqayotgan bo‘lsalar va sizga yopishib olsalar ularga yoningizda bo‘lishlariga ruxsat bering.
• Kichik yoshdagi bolalarga xos xulq-atvorga qaytayotgan, masalan, barmoq so‘rish, yoki yotog‘iga siyib qo‘yayotgan bolalar bilan sabrli bo‘ling.
• Imkon qadar o‘yinlarga va dam olishga imkoniyat yarating.
KATTA VA O‘SMIR YOSHDAGILARGA
• Ularga vaqt va e’tibor ajrating.
• Ularga odatdagi yumushlari bilan shug‘ullanishlariga yordam bering.
• Ularga nima sodir bo‘lganligini va xozirgi vaqtda nima bo‘layotganligini tushuntiring.
• Ularni qayg‘urishiga ruxsat bering, va ular kuchli bo‘lib qolishini kutmang.
• Ularning fikrlarini va qo‘rquvlarini hech bir baholamay va hukm qilmay tinglang.
• Xudq-atvor qoidalarini aniq belgilang va ulardan nima kutayotganligingizni tushuntiring.
• Ulrdan nimadan qo‘rqayotgnaligi xaqida so‘rang, ularga yordam bering, zararsiz qolish uchun qanday tutish kerakligini muhokama qilig.
• Ularning atrofdagilarga yordam berishga intilishlarini rahbatlantiring va ularga bunday imkoniyatni taqdim eting.
Turli yoshdagi bola uchun, o‘z yaqinlari, aka-opalari bilan aloqani imkon qadar tez tiklash muhim
Do'stlaringiz bilan baham: |