1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili
Download 50 Kb.
|
Jonibek1
SOSONIYLAR – milodiy 224-651-yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola.
Forslarning Soson urug‟idan bo‟lgan Bobak bu sulolaning asoschisidir. Uning o‟g‟li Ardasher I 224-yilda bo‟lib o‟tgan jangda Parfiya shohi Artaban V qo‟shinlarini 40
yengadi va davlat chegaralarini kengaytirish siyosatini boshlaydi. Shopur I davridan boshlab Sosoniylar taxtiga chiqqan sulola vakillari “shohanshoh” unvoniga ega bo‟lganlar. III asrning ikinchi yarmi va IV asrlarda sosoniylar Eroni Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan. Uning sarhadlari sharqda Hind daryosigacha, shimolda Amudaryogacha, g‟arbda Vizantiya imperiyasigacha yoyilgan. V asr o‟rtalaridan boshlab Sosoniylar davlati O‟rta Osiyo hududidan bostirib kirgan ko‟chmanchi qabilalar – kidariylar va eftaliylar zarbasi natijasida kuchsizlanib, xatto eftaliylarga o‟lpon ham to‟lashga majbur bo‟lgan. Sosoniylar davlatiga 651-yilda arab istilohilari tomonidan barham beriladi. Sosoniylar davlatining eng mashhur hukmdorlari: Ardasher I (224-239), Shopur I (239-272), Shopur II (309-379), Xurmuzd III (458-459), Pero‟z (459-484), Balash (484-488), Qubod (488-531), Husrav I Anushervon (531-579), Yazdigird III (629- 651). STRATEG (yunoncha “strategos” – harbiy qo‟mondon, bosh qo‟mondon) – qadimgi Afina davlatida oliy organ – “Beshyuzlar kengashi” raxhbari va Afina davlati harbiy boshlig‟i. Makedoniya va Salavkiylar davlatida harbiy qo‟shin, flot va mudofaa qo‟mondoni. SULTON – hukmdor, podshoh. Musulmon hukmdorlarining unvoni. VIII asr oxirida Bog‟dod xalifasi Xorun ar-Rashid saroyida davlatning barcha ishlarini boshqaruvchi bo‟lgan ishonchli do‟sti Qozim ibn Yahyoni unga bo‟lgan katta xurmat va ishonch belgisi sifatida “sulton” degan yangi unvon bilan mukofotlaydi. X asrdan boshlab islom mamlakatlarida hukmdor sulton deb atala boshlangan. XI asrda saljuqiylardan boshlab sulton unvoni mustaqil sulola hukmdorlariga berilgan. Bu unvonni birinchi bo‟lib, 1051-yili saljuqiylardan To‟g‟rulbek xalifa Qoyimdan olgan. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling