1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili


Download 50 Kb.
bet7/14
Sana04.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1164062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Jonibek1

SUG’D YOZUVI – qadimgi Sug‟diyonada, oromiy alifbosi asosida miloddan
avvalgi III-II asrlarda paydo bo‟lgan yozuv. Milodiy I-IV asrlardan boshlab, sug‟d
yozuvi Sug‟diyona hududlaridan tashqari, Farg‟ona vodiysida, Toshkent vohasida va
Yettisuvda keng tarqalgan. Bu jarayon sug‟diylarning yangi yerlarni o‟zlashtirishlari
va Buyuk Ipak yo‟lidagi savdo faoliyatlari bilan bog‟liq. Shuning uchun ham sug‟d
tilidagi yozma yodgorliklar Markaziy Osiyo, Qozog‟iston, Sharqiy Turkiston,
Pokiston va Mo‟g‟iliston tuprog‟idan topib o‟rganilgan. Eramiz boshlaridan to XI
asrning birinchi choragiga qadar yozilgan ko‟plab noyob yozma yodgorliklar sug‟d
yozuvi orqali bizga yetib kelgan.
Sug‟d yozuvi qadimgi uyg‟ur, mug‟ul, manjur va turk yozuvlarining paydo
bo‟lishiga asos bo‟ladi.
Arablar istilosi nitajasida O‟rta Osiyoga arab tili va yozuvi kirib keldi va sug‟d
tili asta-sekin muomaladan chiqib, ishlatilmaydigan tilga aylandi. Hozirda sug‟d tili
o‟lik tilga aylangan bo‟lsada, tilimizda qadimgi sug‟dcha so‟zlar saqlanib qolgan.
SUG’DIYONA – geografik hudud. Qashqadaryo va Zarafshon daryolari
havzasi. Hozirgi Tojikistonning Panjikent tumani, O‟zbekistonning Samarqand,
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari o‟rniga to‟g‟ri keladi.
TALANT qadimgi Yunoniston, Misr, Mesopotamiya, Suriya va Eronda
ishlatilgan og‟irlik va yirik pul o‟lchov birligi. 1 talant 6 000 dirhamga teng bo‟lgan.
Og‟irlik o‟lchov birligi sifatida talantning miqdori turli mamlakatlarda turlicha

41



bo‟lgan. Masalan: qadimgi Yunonistonda 1 talant 26,2 kg bo‟lsa, Eronda 1 talant
33,655 kg. ga to‟g‟ri kelgan.
TOHARISTON – Amudaryoning o‟rta va yuqori oqimidagi ikki sohilini ishg‟ol
etgan yerlarning o‟rta asrlardagi nomi. Hozirgi Shimoliy Afg‟oniston, Janubiy
O‟zbekiston va Janubiy G‟arbiy Tojikiston hududlariga to‟g‟ri keladi. Bu hududlar
qadimda Baqtriya deb yuritilgan. Milodiy V asr boshlarida ushbu hududlarga
ko‟chmanchi toxar qabilalari kelib joylashgach Tohariston nomini olgan.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling