1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili
Download 50 Kb.
|
Jonibek1
- Bu sahifa navigatsiya:
- SALJUQIYLAR
- SARKOR
SALAVKIYLAR DAVLATI – Yaqin va O‟rta Sharqdagi yirik davlat.
Aleksandr Makedonskiy tuzgan imperiya tanazzulga uchragach, miloddan avvalgi 312-yilda uning lashkarboshilaridan biri Salavk I Nikator tomonidan asos solinadi. Salavk Midiya, Suziana, Fors, keyinchalik Baqtriya va Sug‟diyonani bosib olgan va bu sharqiy viloyatlarga o‟g‟li Antioxni noib qilib tayinlaydi (Antiox Salavk va Spitamenning qizi Apamadan tug‟ilgan o‟g‟li edi). Miloddan avvalgi III asr o‟rtalarida Salavkiylardan mustaqil Yunon-Baqtriya va Parfiya davlatlari tashkil topadi. SALJUQIYLAR – 1038-1194-yilllarda Yaqin va O‟rta Sharqda hukmronlik qilgan sulola. Sulola nomi ko‟chmanchi turk-o‟g‟iz qabilasi boshlig‟i Saljuq (922- yilda vafot etgan) nomidan olingan. XI asr boshlarida G‟aznaviylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy qarama-qarshilaklardan foydalangan saljuqiylar 1038-1040-yillarda Xurosonni egallab, Saljuqiylar davlatini barpo etadilar. Saljuqiylarni Xuroson va Eron hududlaridan Xorazmshoh Takash (1172-1200) 1194-yilda siqib chiqargach, ular g‟arbga chekinib Kichik Osiyoda (xozirgi Turkiya hududarida) yana bir asrdan ko‟proq hukmronlik qiladilar (Turkiya tilining bizga tushunarli bo‟lishining sababi ham shunda). Saljuqiylar sulolasining vakillari: To‟g‟rulbek (1038-1063), Alp Arslon (1063-1072), Malikshoh (1072-1092), Mahmud (1092-1094), Berkyoruq (1094-1105), Muhammad (1105-1118), Sulton Sanjar (1118-1157). SARKOR – ishboshi, nazoratchi, biror ishning (qurilish, ekin-tikin va h.k.) tepasida turuvchi, podsho, xon va feodallarning ho‟jaligini boshqaruvchi mansabdor. SARROF – o‟rta asr shahar ko‟chalari va rastalarida o‟tirib, kishilarning yirik pullarini maydalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashtirib beruvchi shaxs. Sarroflar chet eldan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almashtirib berish, qimmatbaho toshlarning bahosini aniqlash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini ma‟lum muddatgacha saqlab berish kabi ishlar bilan ham shug‟ullanganlar. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling