1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili


Download 50 Kb.
bet2/14
Sana04.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1164062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jonibek1

QADIMGI XORAZM YOZUVI – O‟rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi
yozuvlaridan biri. Xorazmdagi Katta Oybuyirqal‟a shahar xarobasidan topilgan xum
sirtiga yozilgan yozuv hozirgi paytda ushbu hududda topilgan yozuvlarning eng
qadimgisi deb hisoblanmoqda. Arxeologik ma‟lumotlarga ko‟ra bu yozuv miloddan

 

 


 
avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi IV-III asrlarga oid yana bir
qadimgi Xorazm yozuvi Qo‟yqirilganqal‟adan topilgan sopol idishining sirtida
saqlangan. Bu manba yagona “aspabarak” – “otliq”, “chavandoz” ma‟nosida tarjima
qilingan.
Olimlarning hisoblashlaricha miloddan avvalgi III asrda oromiy alifbosi negizida
mustaqil xorazm yozuvi kashf etiladi va bu yozuv uzoq yillar mobaynida muomalada
bo‟ladi. Xorazm tili qadimgi forsiy tilning Sharqiy eron lahjasiga yaqin bo‟lgan.
Eramizning VI-VII asrlaridan boshlab bu til va yozuv asta sekin iste‟moldan chiqa
borib, VIII-IX asrlarga kelganda umuman tushunarsiz o‟lik tilga aylangan. Qadimgi
Xorazm tilidagi ba‟zi bir so‟zlar hozirgi Xorazm shevasida saqlanib qolgan.
Xorazm yozuvi yodgorliklari milodiy I-VIII asrlar oralig‟ida zarb etilgan
Xorazm shohlari tangalarida, Tuproqqal‟adan topilgan Xorazmshoxlarning arxivida,
To‟qqal‟a yodgorligidan topilgan ossuariylar sirtida, Mizdahkon yodgorliklari
majmuasidagi Govurqal‟adan topib o‟rganilgan.
QANG’DEZ – miloddan avvalgi III – milodiy III asrlarda mavjud bo‟lgan
Qang‟ davlatining poytaxti. Avestoda tur qabilalarining siyosiy va diniy markazi
Qanqa deb keltiriladi. Qanqa shahar xarobasi hozirgi Toshkent viloyatining
Oqqo‟rg‟on tumanida joylashgan. Xitoy tarixchilari bu shaharni Bityan deb atashgan.
QANG’UY – Xitoyliklar tushunchasida Davan (Farg‟ona)dan g‟arbda
joylashgan yurt. Hozirgi Toshkent vohasi, Chimkent viloyati va Sirdaryoning quyi
havzasidagi yerlar. Miloddan avvalgi III asr o‟rtalarida bu hududlarda Qang‟uy
(Qang‟) davlati tashkil topadi. Unga ko‟chmanchi sak qabilalari asos soladilar.
Miloddan avvalgi II asrdan boshlab Qang‟uy davlati qudratli davlatga aylanadi va
qo‟shni yurtlarga nisbatan mustaqil siyosat yurgiza boshlaydi. Bu davlat birlashmasi
milodiy III asrlarga kelib parchalanib ketadi.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling