1-bob. Qadimgi Madaniyatning asosiy omili
Download 50 Kb.
|
Jonibek1
URXUN-YENISEY YOZUVLARI – qadimgi turk runik yozuvlari. Tosh,
metall, yog‟och va boshqa buyumlarga o‟yib bitilgan qadimgi turkiy yozuvlar. Bu yozuvlar V-VIII asrlarga (ba‟zi manbalarda VIII-X asrlarga) mansub deb hisoblaniladi. Dastlab Urxun va Yenisey daryolari havzasidan topilganligi sababli shu nom bilan yuritiladi. Tashqi ko‟rinishidan got (qadimgi german) yozuviga o‟xshash bo‟lganligi uchun runik yozuv deb ham ataladi. 42
Urxun-Yenisey yozuvlarining turkiy xalqlarga mansub ekanligini birinchi marta fransuz olimi J.P. Abel Remyuza (1820), so‟ngra rus olimi N.M. Yadrinsev (1889) isbotlagan edilar. Urxun-Yenisey yozuvlarining kelib chiqishi haqida mutaxassislar o‟rtasida tan olingan yagona fikr yo‟q. Bu haqdagi nisbatan keng tarqalgan mulohazalarga qaraganda mazkur yozuv o‟zining kelib chiqishiga ko‟ra sug‟d va pahlaviy yozuvlari orqali oromiy yozuviga borib taqaladi. Urxun-Enisey yozuvlarining paydo bo‟lishi joyi va vaqti ham hozircha uzil-kesil hal qilingan masala emas. USTRUSHONA – Sug‟diyonaning sharqiy tomonida joylashgan ilk o‟rta asrlardagi tarixiy viloyat. Ushbu viloyatning g‟arbiy qismini O‟zbekistonning Jizzax va Sirdaryo viloyatlari tashkil etadi. Uning sharqiy qismi esa Tojikistonning Xo‟jand viloyati hududiga to‟g‟ri keladi. Ilk o‟rta asrlarda Ustrushona viloyati 18 ta tuman (rustak)dan tashkil topgan bo‟lib, ular tepasida turgan hukmdorlar afshinlar deb atalgan. Birinchi bor Ustrushona nomi ilk o‟rta asr Xitoy manbalarida uchraydi. Unda Ustrushona IV-V asrlardayoq mustaqil hokimlik sifatida tilga olinadi. Arab geograflarining xabarlariga qaraganda, Ustrushonaning bosh shahri Bunjikat (hozirgi Shahriston) bo‟lgan. Ustrushona dastlab eftaliylar, so‟ngra VI asrning ikkinchi yarmidan Turk hoqonligi tasarrufiga kiritilgan. USHR – musulmon mamlakatlarida idora ishlari uchun daromadning 1/10 hajnida natura shaklida undirilgan soliq. Ushr solig‟i har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan. Download 50 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling