1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

72-modda. Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati
Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati besh yil.
Shaxs ayni bir sudda ketma-ket ikki muddatdan ortiq rais, rais o‘rinbosari lavozimini egallab 
turishi mumkin emas. 
Sud raisi, rais o‘rinbosari vakolatlari u saylangan yoki tayinlangan muddat o‘tgach tugaydi. 
Sud raisi, rais o‘rinbosarining vakolatlari muddati o‘tganligi yoki u tomonidan egallab 
turgan lavozimidan ozod etish haqida ariza berganligi munosabati bilan tugagan taqdirda, uning 
sudyalik vakolatlari saqlanib qoladi va u shu kundan boshlab sudyalik lavozimida ishni davom 
ettiradi, mazkur sudda bo‘sh turgan sudyalik lavozimi bo‘lmagan taqdirda, o‘zining roziligi bilan 
sudyalik vakolatlarining qolgan muddatiga boshqa sudga sudyalik lavozimiga o‘tkaziladi. 
73-modda. Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga o‘tkazish tartibi
Sudya vakolatlari muddati davrida o‘zining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar 
oliy kengashi tomonidan boshqa sudyalik lavozimiga o‘tkazilishi mumkin. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi sudyasi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudi raisi, rais o‘rinbosari, sudyasi 
vakolat muddati davrida o‘zining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi 
taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan boshqa 
sudyalik lavozimiga o‘tkazilishi mumkin. 
Bir sudning o‘zida sudyalik lavozimida bo‘lish muddati, qoida tariqasida, ikki yildan kam 
bo‘lmasligi kerak. 
Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga o‘tkazish to‘g‘risidagi masala Sudyalar oliy malaka 
hay’ati xulosasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga ko‘rib chiqish uchun 
kiritiladi. 
11-bob. Sudyalarning intizomiy javobgarligi 
74-modda. Sudyalar intizomiy javobgarligining asoslari
Sudya faqat tegishli sudyalar malaka hay’ati qaroriga binoan quyidagi hollarda intizomiy 
javobgarlikka tortilishi mumkin: 
odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun; 
sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan 
kamchiliklari uchun; 
sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan 
nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun
Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun. 
Sud qarorining bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishining o‘zi, sud qarorini chiqarishda 
qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan 
vijdonsizlikka yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, javobgar bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. 
Agar intizomiy jazo choralari berilganidan keyin bir yil mobaynida sudya ushbu moddaning 
birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etmasa, u intizomiy javobgarlikka tortilmagan 
deb hisoblanadi. 


Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan nizomda 
belgilanadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling