Ushbu Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-iyul,
O‘RQ-703-son
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
1-ILOVA
Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
1-modda. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga kiradi hamda O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat bo‘ladi.
Harbiy sudlar chiqaradigan hal qiluv qarorlari va hukmlar O‘zbekiston Respublikasi
nomidan e’lon qilinadi.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi
huquqi asosida ish yuritadi
hamda sudyalar, shu jumladan sud raisi, rais o‘rinbosari, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat
bo‘ladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqi asosida ish yuritadi va sudyalar, shu jumladan sud
raisi, shuningdek xalq maslahatchilaridan iborat bo‘ladi.
3-modda. Harbiy sudlar sudyalarini tayinlash tartibi va ularning maqomi “Sudlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni
bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: