1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari: 
1) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, 
Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalar 
harbiy xizmatchilari, shuningdek o‘quv yig‘inlarida bo‘lgan davrda harbiy xizmatga majburlar 
tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlarni; 
2) harbiy qismlar, qo‘shilmalar va birlashmalarning, harbiy boshqaruv organlarining 
qo‘mondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning da’volari bo‘yicha fuqarolik ishlarini hamda 
harbiy boshqaruv organlari va harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilar huquq va 
erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni
3) alohida holatlar tufayli sudlar ish yuritmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat 
ishlarini; 
4) davlat sirlariga taalluqli ishlarni; 
5) qonun bilan o‘z vakolatlariga kiritilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni 
ko‘radi. 
O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudlari qonunga muvofiq boshqa ishlarni ham ko‘rishi 
mumkin. 
Ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida 
ko‘rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga 
tenglashtirilgan xizmatni o‘tash davrida sodir etgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar, agar ular ish sudda 
ko‘rilish paytiga kelib xizmatdan bo‘shab ketgan bo‘lsa ham, harbiy sudlar tomonidan ko‘riladi.
Ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida
ko‘rsatilgan shaxslar harbiy yoki unga 
tenglashtirilgan xizmatga chaqirilgunga yoki kirgunga qadar sodir etgan jinoyatlar va ma’muriy 
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan ko‘riladi. 
5-modda. O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi sudloviga: 
generallar tarkibidagi mansabdor shaxslarning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek 
ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar; 
sodir etilganligi uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazo tayinlanishi 
mumkin bo‘lgan jinoyatlar to‘g‘risidagi ishlar; 
polkovnik, 1-darajadagi kapitan harbiy unvoniga ega bo‘lgan shaxslarning yoxud brigada 
komandiri lavozimidagi shaxslar hamda xizmat mavqeyi bo‘yicha ularga teng shaxslarning 


jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar 
tegishlidir. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling