1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Ish staji bo‘lmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti  oy o‘tgach mansab darajasi beriladi.  11-modda


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

10-modda. Ish staji bo‘lmagan shaxslarga ular lavozimga tayinlanganidan keyin kamida olti 
oy o‘tgach mansab darajasi beriladi. 
11-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab
Departament va uning hududiy bo‘limlarining bir mansab darajasida belgilangan muddat xizmat 
qilgan, lekin xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan xodimlari mansab 
darajasi ko‘tarilmaydi. 
12-modda. Mansab darajalari berilgan xodimlar shu mansab darajalarida umrbod bo‘ladi va 
faqat sudlarda, Sudyalar oliy kengashida, Oliy maktabda, Departamentda va uning hududiy 
bo‘limlarida ishlashga noloyiq xatti-harakatlari uchun mehnat shartnomasi bekor qilinganda ulardan 
mahrum qilinishi mumkin. 
13-modda. Xizmat burchini qo‘pol ravishda buzgani yoki xizmat vazifalarini muttasil lozim 
darajada bajarmagani uchun xodimning mansab darajasi unga berilganidan ikkidan ortiq bo‘lmagan 
mansab darajasiga pasaytirilishi mumkin. 
Mansab darajasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish mansab darajasi berish huquqiga ega 
bo‘lgan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. 
14-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, 
Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga mansab darajalari berish uchun attestatsiya 
o‘tkazish tartibi Konstitutsiyaviy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy 
kengashi raisi tomonidan ularning vakolati doirasida belgilanadi. 
15-modda. Mansab darajasi bo‘lgan sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy 
kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining lavozim maoshlariga 
ustamalar qonunchilikda belgilangan miqdorlarda belgilanadi. 
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 03/21/703/0723-son) 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling