1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-703 28.07.2021
4-modda. Mansab darajalari:
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Sudyalar oliy kengashi raisiga; 2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktoriga, Departament direktoriga; 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Oliy maktab direktorining o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbariga; 1-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sud kotibiyati mudiriga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi boshqarmalari boshliqlariga, Sudyalar oliy kengashi kotibiga, Oliy maktabning kafedra mudiriga, kafedra professoriga, kafedra dotsentiga, Departament direktorining o‘rinbosariga; 2-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning katta ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining boshqarma boshliqlari o‘rinbosarlariga va bo‘lim boshliqlariga, Konstitutsiyaviy sud raisining yordamchisiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining maslahatchisiga, Sudyalar oliy kengashining yetakchi inspektorlariga, birinchi bo‘limi mudiriga, Oliy maktabning bo‘lim boshliqlariga, kafedra o‘qituvchilariga, Departamentning bo‘limlari va hududiy bo‘limlari boshliqlariga; 3-darajali adliya maslahatchisi — Konstitutsiyaviy sudning ekspertlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati kotibiyatining boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining bo‘lim boshliqlari o‘rinbosarlariga, bosh va katta konsultantlariga, Sudyalar oliy kengashining arxiv mudiriga va devonxona mudiriga, Oliy maktabning yuriskonsultiga, bosh va yetakchi mutaxassislariga, Departamentning bosh mutaxassislariga, kadrlar bo‘yicha bosh inspektoriga va yuriskonsultiga; 1-darajali yurist — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlarining bo‘lim boshliqlariga, bosh mutaxassislariga, sudya katta yordamchilariga, Oliy maktabning devonxona mudiriga va arxiv mudiriga; 2-darajali yurist — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlarining katta mutaxassislariga, devonxona mudirlariga, sudyalar malaka hay’atlari kotiblariga, Departament hududiy bo‘limlarining bosh mutaxassislariga; 3-darajali yurist — tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, hududiy harbiy sudlarning sudya yordamchilariga, devonxona mudirlariga beriladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling