1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-703 28.07.2021
3-modda. Malaka darajalari quyidagicha beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga — oliy, birinchi, ikkinchi malaka darajalari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudyalariga — birinchi, ikkinchi, uchinchi malaka darajalari; tumanlararo, tuman, shahar sudlari, hududiy harbiy sudlar sudyalariga — uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi malaka darajalari. 4-modda. Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Oliy malaka darajasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi o‘rinbosarlari — sudlov hay’atlari raislariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalariga, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalariga tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining va O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati xulosasiga asoslangan taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. Boshqa malaka darajalari tegishli sudyalar malaka hay’atlari xulosasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi. Birinchi marotaba saylangan yoki tayinlangan sudyalarga malaka darajalari ish faoliyatining dastlabki uch oyi ichida ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda beriladi. Sudyalar orasidan belgilangan tartibda saylangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan tayinlangan shaxslarga malaka darajalari tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi sudlari sudyalari oliy malaka hay’ati tomonidan beriladi. 5-modda. Har bir malaka darajasida bo‘lish muddatlari ijobiy malaka attestatsiyasi mavjud bo‘lgan taqdirda quyidagicha belgilanadi: beshinchi malaka darajasida — ikki yil; to‘rtinchi malaka darajasida — uch yil; uchinchi malaka darajasida — to‘rt yil; ikkinchi malaka darajasida — besh yil. Birinchi malaka darajasida bo‘lish muddati belgilanmaydi. Yuqori malakali sudyalarga ish tajribasini inobatga olgan holda, egallab turgan lavozimi uchun nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, shuningdek ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin unga berilgan malaka darajasidan ikki darajadan yuqori bo‘lmagan malaka darajasi berilishiga yo‘l qo‘yiladi. 6-modda. Sudyalar odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni qo‘pol ravishda buzganlik uchun malaka darajasidan mahrum etilishi mumkin. Malaka darajasidan mahrum etish va malaka darajasini pasaytirish shu malaka darajasini bergan mansabdor shaxs yoki organ tomonidan amalga oshiriladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling