1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda  belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi.  8-modda


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

7-modda. Malaka darajasiga ega bo‘lgan sudyalarning lavozim maoshlariga qonunchilikda 
belgilangan miqdorlarda ustamalar belgilanadi. 
8-modda. Sudyalarni malaka attestatsiyasidan o‘tkazish tartibi qonun bilan tasdiqlanadigan 
nizomda belgilanadi. 
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga 
 
3-ILOVA
Sud tizimi xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risida 
NIZOM 
1-modda. Ushbu Nizom sudlar apparati, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi 
(bundan buyon matnda Konstitutsiyaviy sud deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashi (bundan buyon matnda Sudyalar oliy kengashi deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi (bundan buyon matnda Oliy maktab deb 
yuritiladi) va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash 
departamenti (bundan buyon matnda Departament deb yuritiladi) hamda uning hududiy bo‘limlari 
xodimlariga maxsus unvonlar — mansab darajalari berish tartibini belgilaydi. 
2-modda. Sudlar apparati, Konstitutsiyaviy sud, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab
Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlarining maxsus unvonlari quyidagi mansab 
darajalaridan iborat: 
1-darajali Davlat adliya maslahatchisi; 
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi; 
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi; 
1-darajali adliya maslahatchisi; 
2-darajali adliya maslahatchisi; 
3-darajali adliya maslahatchisi; 
1-darajali yurist; 
2-darajali yurist; 
3-darajali yurist. 
3-modda. Mansab darajalari oliy yuridik ma’lumotga yoki boshqa oliy ma’lumotga ega 
xodimlarga, egallab turgan lavozimi, malakasi va ish stajiga muvofiq ketma-ketlikda yoxud ilgarigi 
ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlar va mansab darajalarini inobatga olgan holda 
beriladi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling