21-modda. Harbiy sudlar O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va
o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
2-ILOVA
Sudyalarning malaka darajalari to‘g‘risida
NIZOM
1-modda. “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga
muvofiq ushbu Nizom
O‘zbekiston Respublikasi sudyalari uchun malaka darajalari joriy etish va berish tartibini belgilaydi.
2-modda. Sudyalarga sudya sifatidagi tajribasi va ish stajini inobatga olgan holda quyidagi
malaka darajalari beriladi:
oliy malaka darajasi;
birinchi malaka darajasi;
ikkinchi malaka darajasi;
uchinchi malaka darajasi;
to‘rtinchi malaka darajasi;
beshinchi malaka darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: