1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
O‘RQ-703 28.07.2021
5-modda. 1, 2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajalari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi. 1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalari: Sudyalar oliy kengashi va Oliy maktabning xodimlariga — Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan; Konstitutsiyaviy sudning devoni xodimlariga — Konstitutsiyaviy sudning raisi tomonidan; O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va quyi turuvchi sudlar apparatlari xodimlariga, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi. Konstitutsiyaviy sudning raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Sudyalar oliy kengashining raisi ushbu Nizomning 4-moddasida nazarda tutilmagan lavozimni shtat jadvalida mavjud muayyan lavozimga tenglashtirishga hamda 1-darajali adliya maslahatchisi va ungacha bo‘lgan mansab darajasini berishga haqli. 6-modda. 1, 2, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi darajalarida bo‘lish muddati belgilanmaydi. Har bir mansab darajasida bo‘lish muddati ijobiy attestatsiya mavjud bo‘lgan taqdirda 3, 2 va 1-darajali adliya maslahatchilari uchun — to‘rt yilni, 3, 2, 1-darajali yuristlar uchun — ikki yarim yilni tashkil etadi. 7-modda. Ushbu Nizomning 5-moddasiga muvofiq sudlar, Sudyalar oliy kengashi, Oliy maktab, Departament va uning hududiy bo‘limlari xodimlariga 1-darajali Davlat adliya maslahatchisi mansab darajasigacha bo‘lgan mansab darajasini berishga — egallab turgan lavozimi bo‘yicha nazarda tutilgan darajadan qat’i nazar, ketma-ketlikda va mansab darajasida bo‘lish muddatiga rioya etmagan holda yo‘l qo‘yiladi. 8-modda. Sudlarga, Sudyalar oliy kengashiga, Oliy maktabga, Departamentga va uning hududiy bo‘limlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlardan va boshqa tashkilotlardan ishga o‘tgan xodimlarga mansab darajalari ular qaysi lavozimga tayinlanganligi, bilimi va ish tajribasi, shuningdek ilgarigi ish yoki xizmat joyida berilgan maxsus unvonlari va mansab darajalari inobatga olingan holda beriladi. 9-modda. Konstitutsiyaviy sud raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi: 1) oldingi mansab darajasida bo‘lish uchun belgilangan xizmat muddati tugamasdan, ishda alohida o‘rnak ko‘rsatganligi yoki xizmat burchini namunali bajarganligi uchun; 2) xodim yuqori lavozimga ko‘tarilayotganda ketma-ketlikka rioya etmagan holda, lekin uning o‘z darajasidan ikki mansab darajasidan yuqori bo‘lmagan; 3) attestatsiyadan birinchi marta o‘tayotgan xodimlarga ularning lavozimlari bo‘yicha belgilanganidan bir pog‘ona past mansab darajasi berishga haqli. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling