1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudlarni moliyalashtirish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

90-modda. Sudlarni moliyalashtirish 


Sudlarni moliyalashtirish, ularning binolarini qo‘riqlash va saqlab turish respublika budjeti 
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablag‘lar miqdori O‘zbekiston 
Respublikasining har yilgi Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonun bilan tasdiqlanadi. 
Ajratilgan mablag‘larni taqsimlash: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, 
tumanlararo, tuman, shahar sudlari va harbiy sudlar uchun — Departament tomonidan; 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Har bir sud alohida bino, qo‘riqlash va avtotransport bilan ta’minlanadi. 
91-modda. Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash 
Sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlash Departament tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Departamentning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashga doir ishlarni tashkil 
etish, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash
sudlar binolarini qurish va ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar samarali sarflanishini 
ta’minlash, sudlar faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish; 
sudyalar va sud apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy ta’minotini 
yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish
sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashning joriy holatini tizimli 
tahlil qilish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika va moliyaviy jihatdan ta’minlashni rivojlantirishga 
doir uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlash; 
sudyalarning va sud protsesslarining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti 
vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling