1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

75-modda. Sudyaga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atish 
Sudyaga nisbatan intizomiy ish tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan sudya ushbu 
Qonun 74-moddasining 
birinchi qismida
nazarda tutilgan harakatlarni sodir etilgani to‘g‘risidagi 
ariza yoki xabar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra qo‘zg‘atilishi mumkin. 
76-modda. Sudyaga nisbatan qo‘llaniladigan intizomiy jazo choralari
Sudyalarning malaka hay’ati intizomiy javobgarlikka tortilgan sudyaga quyidagi intizomiy 
jazo choralaridan birini qo‘llashi mumkin: 
ogohlantirish; 
hayfsan; 
o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima
malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish; 
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish. 
Intizomiy jazo choralari qo‘llanilayotganida qoidabuzarlikning xususiyati va oqibatlari, 
nojo‘ya xatti-harakatning og‘ir-yengilligi, sudyaning shaxsi, aybdorlik darajasi inobatga olinadi. 
77-modda. Intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat 
qilish 
Sudyalar malaka hay’atining intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi qarori ustidan 
Sudyalar oliy malaka hay’atiga shikoyat qilish mumkin. 
Sudyalar oliy malaka hay’atining qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashiga shikoyat berish mumkin. 
12-bob. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish va tugatish 
78-modda. Sudyaning vakolatlarini to‘xtatib turish 
Sudyaning vakolatlari tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori bilan quyidagi hollarda 
to‘xtatib turiladi, agar:
sudya o‘z lavozimiga zid faoliyat bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa; 
sudyaga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan bo‘lsa; 
sudya sudning hal qiluv qarori bilan bedarak yo‘qolgan deb topilgan bo‘lsa; 
sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa; 
sudya davlat hokimiyati vakillik organlari saylovida deputatlikka nomzod sifatida ishtirok 
etayotgan bo‘lsa. 
Sudyaning vakolatlari ularni to‘xtatib turishga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lgunga qadar 
to‘xtatib turiladi. 
Sudya qonunda belgilangan tartibda tegishli sudyalar malaka hay’ati qarori ustidan shikoyat 
qilishga haqli. 
Sudyaning vakolatlari to‘xtatib turilishi unga ish haqi to‘lashni to‘xtatishga yoki ish haqi 
miqdorini kamaytirishga, uning ta’minoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda 
belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab bo‘lmaydi, bundan ehtiyot chorasi 
sifatida sudyaga nisbatan qamoqqa olish chorasi tanlangan hollar mustasno. 
Sudyaning vakolatlarini qayta tiklash to‘g‘risidagi qaror sudyaning vakolatlarini to‘xtatib 
turgan tegishli sudyalar malaka hay’ati tomonidan qabul qilinadi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling