1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Sud hokimiyati


-modda. Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/43
Sana30.04.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1405324
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43
Bog'liq
O‘RQ-703 28.07.2021

68-modda. Sudyalik lavozimiga saylanadigan, tayinlanadigan shaxslarga qo‘yiladigan 
talablar
Ushbu Qonunning 
67-moddasi
talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo‘yicha 
kamida o‘n besh yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida yetti yillik 
ish stajiga ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi bo‘lishi mumkin. 


Ushbu Qonunning 
67-moddasi 
talablariga javob beradigan, yuridik ixtisoslik bo‘yicha 
kamida o‘n yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik ish 
stajiga ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, 
viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin. 
Ushbu Qonunning 
67-moddasi 
talablariga javob beradigan, o‘ttiz besh yoshga to‘lgan va 
yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tumanlararo, tuman, 
shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin. 
Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar 
oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart. O‘qish davrida ular 
asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini 
bajarishdan ozod etiladi, biroq o‘qishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi. 
69-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashining tavsiyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi. 
Viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, viloyat, Toshkent 
shahar ma’muriy sudi, tumanlararo, tuman, shahar sudi, hududiy harbiy sud sudyasi O‘zbekiston 
Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlararo, tuman, shahar sudi sudyasi O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i 
Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan yoki kelishib olinadigan 
lavozimlarda faoliyat yuritayotgan va benuqson obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar, istisno 
tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida 
majburiy tartibda o‘qitilmagan holda ilk bor sudyalik lavozimlariga tayinlanishi mumkin. 
Sudyani lavozimga tayinlash tegishli sudyalar malaka hay’atining xulosasi inobatga olingan 
holda amalga oshiriladi. 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling