1-Bob Xojalik yurituvchi subektlarda auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik tashkilotlarining audit otgazish turlari va masalalari


Download 92.15 Kb.
bet10/13
Sana17.06.2023
Hajmi92.15 Kb.
#1529729
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Kurs ishi

Tashqi audit - korxona taqdim etayotgan yillik moliyaviy hisobot-
laming BHMSga asosan tuzilganini tekshirish maqsadida shu korxonaga
nisbatan to'liq mustaqil hisoblangan auditor tomonidan o'tkaziladigan
tekshiruvdir. Tashqi audit asosan biz yuqorida ko'rib o'tgan moliyaviy
hisobotlar audit dan iborat. Lekin, bu tur auditga qo’shimcha tuzida,
muvofiqlik yoki operatsion audit ham o'tkazilishi mumkin.
Tashqi audit tekshimvini o'tkazishning muhim shartlaridan biri
shuki, bu tekshiruvda qatnashayotgan auditor shu audit tekshiruvidan
o'tayotgan korxonada hech qanday iqtisodiy manfaatga ega bo'lmasligi
kerak. Misol uchun, tekshiruvni o'tkazayotgan auditor shu korxona
ta'sischisi, egasi, aksiyadori, rahbari yoki boshqa mansabga ega bo'lishi,
korxona rahbariyati bilan o'zaro qarindoshlik munosabatlariga ega bo'lishi
mumkin emas. Shuningdek, agar auditorlik firmasi, qo'shimcha xizmat
sifatida korxonaga buxgalteriya xizmatini ko'rsatsa, moliyaviy hisobotIarni
tuzib bersa, bu auditorlik firmasi shu korxonada audit tekshiruvini
o'tkazishi taqiqIanadi. bunga asosiy sabab, biz o'tgan bobda. ko'rib o'tgan
mustaqillik tamoyilining buzilishidir.
Yuqoridagi holat ro'y berganda, ya'ni auditor yoki auditorlik fmnasi
tomonidan mustaqillik tamoyili buzilgan taqdirda, auditorlik fmnasi
auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyadan,
auditor esa maIaka sertifIkatidan mahmm etilishi mumkin.
Tashqi auditni o'kazishdan maqsad quyidagilardan iborat bo'ladi:
- buxgalteriya hisoboti to'g'ri va to'liq ma'lumotlarni aks ettirayot-
ganini o'rganish yoki ishonchsiz ma'lumotlarni aks ettirayoigan hollami
aniqlash;
- korxona o'z buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimini ma'lum qonun-
hu,ijatlarga asosan yurltayotganini tekshirish;
- audit tekshiruvidan o'tayotgan davr uchun korxona o'z daromad,
xarajat va yakuniy moliyaviy natijalarini to'g'ri aks ettirayotganini 0' rganish.
Tashqi audit yakunida auditorlik hisoboti va xulosasi taqdim etiladi.
Bularga qo'shimcha sifatida, auditorlik firmasi tomonidan tavsiyaviy
harakterga ega bo'lgan turli qo'shimcha huiiatlar ham tayyorlanib taqdim
etilishi mumkin. Tashqi auditni o'tkazish uchun auditorlik firmasini
korxonaning o'zi mustaqil ravishda taminlaydi.
1. Ixtiyoriy audit.
2. Majburiyaudit.
Ixtiyoriy audit - Oliy Majlis qaroriga muvofiq yangi tahrirda qabul
qilingan «Auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonun"ning ll-moddasiga
muvofiq, korxona rahhariyatining o'z qaroriga billoan qonun hujjatiarlda
nazarda tutilgan tartibda o'tkaziladi. Ixtiyoriyauditni o'tkaziilldan Illi'lqsa.d
turlicha bo'lishi mumkin. Misol uchun, korxona buxgalteriya tizimining
holatini tahlil qilish, uning ustidan samarali nazorat o'rnatish, kompyu-
terlashgan buxgalteriya tizimi faoliyatini tekshirish va h.k.
Ixtiyoriy audit kompleks va tematik asosda tashkil etilishi mumkin.

Download 92.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling