54-modda. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxsning burchlari
Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ bu haqda yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga darhol yozma xabar berishlari kerak, davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxs tugatish jarayonida ekanligi haqidagi ma’lumotlarni yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tugatuvchini — tugatish komissiyasini yoki jismoniy shaxsni tayinlaydilar hamda ushbu Kodeksga muvofiq tugatish tartibi va muddatini belgilaydilar. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatuvchi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
(54-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi tayinlangan paytdan boshlab yuridik shaxsning ishlarini boshqarish bo‘yicha vakolatlar tugatuvchiga o‘tadi. Tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda ishtirok etadi.
(54-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 55-moddasi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 98-moddasi uchinchi, beshinchi-oltinchi qismlari, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonun 55-moddasining to‘rtinchi — oltinchi qismlari, Vazirlar Mahkamasining 15.01.2015-yildagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4 — 6, 34 — 35-bandlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Do'stlaringiz bilan baham: |