1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
Download 1.87 Mb.
|
21.12.1995
- Bu sahifa navigatsiya:
- OKOZ: 1.
56-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
Yuridik shaxs tugatilayotganida birinchi navbatda fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari bo‘yicha mukofot to‘lash haqidagi talablari, shuningdek hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazganligi uchun tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo‘lgan fuqarolarning talablari ham tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan qanoatlantiriladi. Oldingi tahrirga qarang. Boshqa kreditorlarning talablari qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qanoatlantiriladi. (56-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 784-moddasi. [OKOZ: 1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.03.00 Yuridik shaxslar bankrotligi va sanatsiya (shuningdek 09.03.00.00 ga qaralsin)] 57-modda. Yuridik shaxsning nochorligi (bankrotligi) Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, davlat korxonasidan tashqari, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsning kreditorlar talablarini qondirishga qurbi yetmasa, sudning qaroriga muvofiq u nochor (bankrot) deb hisoblanishi mumkin. Yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi. Oldingi tahrirga qarang. Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi. (57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Oldingi tahrirga qarang. Sudning yuridik shaxsni bankrot deb hisoblashi asoslari, shuningdek bunday yuridik shaxsni tugatish tartibi qonunda belgilanadi. (57-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 39 — 40-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Bankrotlik to‘g‘risida”gi (yangi tahriri) Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.08.2013-yildagi “Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 27.01.2006-yildagi “Bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori. [OKOZ: Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling