1-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘rq-683-sonli Qonuni tahririda Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi


-modda. Yuridik shaxsni tugatish tartibi


Download 1.87 Mb.
bet34/190
Sana04.04.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1325141
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190
Bog'liq
21.12.1995

55-modda. Yuridik shaxsni tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Tugatuvchi yuridik shaxsning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e’lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(55-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi e’londa uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari ko‘rsatiladi. Bu muddat tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan paytdan e’tiboran ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
(55-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-dekabrdagi O‘RQ-592-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2019-y., 03/19/592/4144-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini ko‘radi, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxs tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Kreditorlar tomonidan talablarni qo‘yish uchun belgilangan muddat tamom bo‘lganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qo‘ygan talablar ro‘yxati, shuningdek ularni qarab chiqish natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
(55-moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, tugatuvchi yuridik shaxsning mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi.
Tugatilayotgan yuridik shaxs kreditorlariga pul summalarini to‘lash tugatuvchi tomonidan ushbu Kodeksning 56-moddasida belgilab qo‘yilgan navbat tartibida, oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab amalga oshiriladi.
(55-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
(55-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-dekabrdagi O‘RQ-127-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 50-51-son, 506-modda)
Tugatilayotgan davlat korxonasining mol-mulki, tugatilayotgan muassasaning esa — pul mablag‘lari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, kreditorlar o‘z talablarining qolgan qismini ushbu korxona yoki muassasa mulkdori hisobidan qondirish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulki uning shu mol-mulkka ashyoviy huquqlarga yoki ushbu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqlarga ega bo‘lgan muassislariga (ishtirokchilariga), agar qonunchilikda o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, topshiriladi.
(55-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish, shuningdek ularni muassislari yo‘qligida tugatish taomili va xususiyatlari qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(55-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritib qo‘yilganidan so‘ng yuridik shaxsni tugatish tamomlangan, yuridik shaxsning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 55 — 56-moddalari, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 99 — 101-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 15.01.2015-yildagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 14 — 32, 37 — 41-bandlari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankning 22.05.2008-yildagi Qarori bilan tasdiqlangan “Kredit uyushmalarini tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, O‘zbekiston Respublikasining 07.11.2019-yildagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni 48-moddasining beshinchi — oltinchi qismlari.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling