1. Boshqaruv hisobiga kirish fanining predmeti va usullari«Boshqaruv hisobi»
Download 56.48 Kb.
|
boshqaruv hisobi (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshqaruv hisobi
- 2.Boshqaruv va moliyaviy hisobning o’zaro bog’liqligi hamda farqi
1.Boshqaruv hisobiga kirish fanining predmeti va usullari«Boshqaruv hisobi» fanining predmeti xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi, javobgarlik markazlari bo‘yicha boshqaruv hisobini tashkil etish, budjetlashtirish, istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, segmentlar bo‘yicha hisobot tuzish, samarali transfert baholarini shakllantirishning nazariyuslubiy hamda tashkiliy asoslarini yoritish hisoblanadi Boshqaruv hisobi — bu bozor munosabatlari zaruriyati bilan paydo bo'lgan, korxona va uning turli bo‘g‘inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to‘g‘risidagi axborotni taqdim etuvchi; Odatda, korxonalarda boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlari bo‘yicha yuritiladi: ta'minot-tayyorlov faoliyati; — ishlab chiqarish faoliyati; — moliya-tijorat faoliyati; — tashkiliy faoliyat Boshqaruv hisobi atvanavjy buxgalteriya hisobi, operativ-texnikva statistika hisobi hamda iqtisodiy tahlilning ko‘pgina unsurlaridan foydalanadi. Boshqaruv hisobining strategiyasi istiqbolda korxona taraqqiyotini belgilovchi loyihalar tahlili, istiqbolni belgilash, budjetlashtirish, javobgarlik markazlari bo‘yicha segmentar hisobotni tuzish, oqilona transfert baholarini o‘rnatish va boshqaruv qarorlarini muvofiqlashtirish tizimini ifodalaydi. Boshqaruv hisobi taktikasi esa joriy davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, xarajatlar va mahsulot tannarxi kalkulatsiyasi bo'yicha hisob yuritish, dalillash, qabul qilingan qarorlarni tahlil va nazorat qilish, shuningdek, ularning ijrosi uchun javobgarlik kabilardan iborat. 2.Boshqaruv va moliyaviy hisobning o’zaro bog’liqligi hamda farqi umumlashtirgan holda shuni ta’kidlash lozimki, tezkor, statistik va soliq hisobi bilan bir qatorda buxgalteriya hisobi korxonaning umumiy hisobi tizimiga kiradi va ikki qismga bo’linadi: moliyaviy va ishlab chiqarish; korxona xarajatlari va daromadlari ularning ob’ekti (manbai) hisoblanadi. Ishlab chiqarish hisobining tahliliy (analitik) axboroti mutlaqo ichki boshqaruv uchun foydalaniladi. Moliyaviy hisobda esa asosan tashkilotning tijorat sirini namoyon etmaydigan axborot to’planadi, shu munosabat bilan uni yangi tashqi foydalanuvchilarga taqdim etadilar. Boshqaruv hisobi esa faqat hisob amallari bilan cheklanmaydi, balki boshqaruvning boshqa funktsiyalari hisobiga mohiyati jihatidan ishlab chiqish hisobini boshqaruv hisobiga aylantiradi. Download 56.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling