1. Boshqaruv hisobiga kirish fanining predmeti va usullari«Boshqaruv hisobi»


Kapital xarajatlar byudjetini tuzish


Download 56.48 Kb.
bet8/14
Sana15.09.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1678399
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
boshqaruv hisobi (3)

14.Kapital xarajatlar byudjetini tuzish
Kapital sarflar byudjeti. Kapital yotqizishga ehtiyojlarni aniqlash va ular uchun investitsiya resurslarini olish butun boshqaruv hisobining kompleks vazifasidir. Qanday uzoq muddatli aktivlarni sotib olishni hal qilish yoki investitsiyalar rentabelligini aniqlash bilan bog’liq shunday qaror qabul qilish uchun tanlangan mezon asosida byudjet tuzish muammosi paydo bo’ladi. Uzoq muddatli kapital yotqizish xususidagi axborot xarid qilishga yoki qurishga sarflar masalasiga hamda kredit uchun foiz to’lashga, foyda va zararlar to’g’risidagi faraziy hisobotga daxl qilib, asosiy vositalar schetidagi qoldiqni va boshqa uzoq muddatli aktivlarni o’zgartirib, pul mablag’lari byudjetiga ta’sir qiladi. Demak, kapital sarflar bo’yicha barcha qarorlar rejalashtirilishi va umumiy byudjetga qo’shilishi lozim.
Barcha joriy byudjetlar bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. Sotuv hajmining farazi byudjet tuzishda dastlabki qadam bo’ladi. Shundan so’ng tijorat sarflari byudjeti tayyorlanishi mumkin. Ishlab chiqarish byudjeti asosida esa to’g’ri materiallarni xarid qilish va ulardan foydalanish byudjeti, mehnat byudjeti va ishlab chiqarish umumiy sarflari byudjeti ishlab chiqiladi. Ko’p hollarda umumiy va ma’muriy sarflar rejalari, kapital yotqizish rejasi boshqaruvning yuqori darajalarida qabul qilinadi. Biroq bunday axborotning ko’p qismi firma bo’linmalari darajasida ishlab chiqilishi va davriy byudjetlarga kiritilishi mumkin.
15.Statik byudjet
Statik budjet korxonaning ishchan faolligini muayyan darajasida hisob-kitob qiladi. Unda daromadlar va xarajatlar sotishlar darajasidan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi.
Statik budjet korxona moliyaviy natijalarining haqiqiyligini ifodalaydi hamda pul va foiz nisbatlaridagi ko‘rsatkichlaming mutlaq raqamlarini taqqoslashga imkon beradi.
Statik budjet ko'rsatkichlarini moslashuvchan budjet ko‘rsat- kichlari bilan taqqoslashda sotishning haqiqiy hajmi e’tiborga olinmaydi, ya’ni natijalaming qiyosiy tahlili keltiriladi
Statik budjetda ko‘rsatkichlami rejalashtirish amalga oshirilsa, moslashuvchan budjetni tuzishda natijalaming omilli tahlil usulidan foydalaniladi.

Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling