1. Boshqaruv hisobiga kirish fanining predmeti va usullari«Boshqaruv hisobi»


Download 56.48 Kb.
bet7/14
Sana15.09.2023
Hajmi56.48 Kb.
#1678399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
boshqaruv hisobi (3)

14.Loyihani baholash usullari
Investitsiya xarajatlari faqat kelgusida daromad keltirganligi bois investitsiya faoliyati korxonalar uchun murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalar oqilona investitsiya qarorlari qabul qilish uchun dastlab taklif etilayotgan loyihalarning iqtisodiy samaradorligini baholashlari hamda ularning ko‘p mablag‘ talab qiladigan tomonlari haqida aniq ma’lumot olishga harakat qilishlari lozim.
Investitsiya loyihasi aniq, puxta o‘ylangan g‘oyaga, maqsadga ega bo‘lgan (shu jumladan kapital qurilish ham), uni amalga oshirish uchun investitsiya qo‘yilishini talab qiladigan xarajat dasturidir.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkita sharti mavjud: loyihaga ma’lum miqdorda mablag‘lar sarflash zaruriyati, mablag‘larni sarflash va qoplash (foyda olish) o‘rtasida muayyan vaqt mavjudligi.
Investitsiya loyihalarini yaratish va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • investitsiya g‘oyalarining shakllanishi ya’ni g‘oyani tanlash va dastlabki asoslash, ekologik nuqtai-nazardan bir qarorga kelish, uni amalga oshirish davomida qo‘yiladigan talablarga javob berish;

  • investitsiya imkoniyatlarini izlash ya’ni ishlab chiqariladigan mahsulotga yoki xizmat

  • turiga bo‘ladigan talabni o‘rganish loyiha ishtirokchilari tarkibi bo‘yicha takliflar, loyihaning qiymati va uning samarasini aniqlash;

  • loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishi;

  • shartnomaga oid hujjatlarni tayyorlash;

  • tender savdolariga tayyorgarlik;

  • salohiyatli investorlar bilan muloqotlar;

  • loyiha hujjatlarini tayyorlash;

  • nostandart texnologik jihozlarni tayyorlovchi va yetkazib beruvchilarni aniqlash;

  • qurilish-montaj ishlari;

  • ob’ektni ishlab chiqarishda tajribadan o‘tkazish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi va ob’ektni loyiha quvvatiga yetkazish.


Download 56.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling