6.Material xarajatlari hisobi
Materiallar - bu ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtirok etadigan va bir ishlab chiqarish tsiklida qatnashib o’z qiymatini yangi yaratilayotgan mahsulotga o’tkazidigan mehnat buyumlaridir
Bevosita (asosiy) materiallar - mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xom ashyo.
Bilvosita materiallar – bu ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan zahiralar
Ishlab chiqarishga berilayotgan materiallarning qiymatini baholash
Moddiy zahiralarni baholash quyidagi usullardan birini qo’llash orqali amalga oshiriladi
1. Yalpi identifikatsiyalash usuli;
2. LIFO usuli (Last-in, first-out LIFO);
3. O’rtacha qiymat usuli (Average-cost AVECO);
4. FIFO usuli (First-in, first-out FIFO);
5. NIFO usuli (next-in, first-out NIFO);
6. Me’yoriy qiymat usuli
Yalpi identifikatsiyalash usuli
davrining oxirida u yoki bu operatsiya natijasida olingan zahira sifatida aniq belgilangan bo’ladi
FIFO (FIFO) usuli – tovar-moddiy zahiralarni birinchi turkum bo’yicha hisobga olish usuli
LIFO (LIFO) usuli – tovar moddiy zahiralarni so’nggi turkumi (so’nggi xarid qilingan turkumi) bo’yicha hisobga olish usuli:
O’rtacha qiymat usuli (AVECO) – materiallarni o’rtacha narxda baholashga asoslanadi
NIFO (NIFO) usuli – bu narxni almashtirish usuli bo’yicha hisoblashga o’xshashdir. Bu usulda materialni ishlab chiqarishga berish qiymatini olingan paytdagi qiymatga tenglashtirish uchun tuzatish kiritish zarur
7.Muqobil xarajatlar tamoyili
Muqobil xarajatlar – bir tavarni ishlab chiqarish, uning sonini oshirish uchun boshqa bir tovardan voz kechish alternative xarajatlar yani muqobil xarajatlar yoki voz kechilgan imkoniyatlar xarajatlari deyiladi.
Muqobil xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari boyicha eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshqa variantlar boyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni muqobil xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali)
Do'stlaringiz bilan baham: |