26.Jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli Jarayonli kalkulyatsiya tavsifi
Mahsulot tannarxini aniqlashning jarayonli usulidan mahsulot ishlab chiqarishda xomashyoning bir necha jarayondan o‘tganidan so‘ng tayyor mahsulot holiga keladigan ishlab chiqarishlarda foydalaniladi.
Tannarxni kalkulyatsiya qilishning jarayonli usuli uzluksiz, bir necha bosqichdan iborat jarayonlar bo‘yicha ko‘p miqdordagi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Bunda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish ikki usulda amalga oshiriladi:
-o‘rtacha hisob usuli. Mazkur usulda xarajatlar, shu jumladan, hisobot davri boshidagi qoldiq summasi ham qo‘shilib, shu davrda ishlab chiqilgan shartli tayyor mahsulot birligiga bo‘linadi;
-FIFO usuli. Bunda hisobot davri boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i tugatiladi so‘ngra yangi mahsulot ishlab chiqarish amalga oshiriladi. FIFO usulini qo‘llashda birmuncha qiyinchiliklar mavjud, biroq o‘rtacha hisob usuliga nisbatan aniqroq hisoblanadi.
Xarajatlar hisobini jarayonli usulining ikki varianti mavjud: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz
27. Bosh byudjetni tuzish yo’llari
Umumiy byudjet umuman tashkilot uchun barcha bo’linmalar bo’yicha yoki vazifalar bo’yicha muvofiqlashtirilgan ish rejasidir. U ikki asosiy byudjetdan — operativ va moliyaviy byudjetdan iborat.
Operativ byudjet. U yana joriy, davriy byudjet deyiladi. Operativ byudjet kompaniyaning segmenti uchun yoki alohida vazifasi uchun kelgusi yilga rejalashtirilayotgan operatsiyalarni ko’rsatadi. Uni tayyorlash jarayonida faraz (prognoz) qilinayotgan sotuv va ishlab chiqarish hajmlari kompaniyaning ishlab turgan har bir bo’linmasi uchun daromadlar va xarajatlarning miqdoriy bahosiga aylanadi. Operativ byudjet foyda va zararlar to’g’risida byudjet (faraziy) hisobotini o’z ichiga oladi, o’z navbatida bu hisobot sotuv byudjeti (daromadlar byudjeti), ishlab chiqarish byudjeti (ishlab chiqarish xarajatlarining barcha asosiy elementlari bo’yicha ayrim byudjetlarda tafsillashtirilgan holda), tovar moddiy zahiralar byudjeti hamda tijorat va umumiy, ma’muriy sarflar byudjeti asosida tuziladi (shakllanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |