1-bosqich ki 711-22 s guruh talabasining


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana24.12.2022
Hajmi0.68 Mb.
#1058920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HEMIS 1-joriy

Tavsifiy(monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan 
voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. 
Maqola, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. Ma’lum voqea- hodisalarga, 
narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki 
dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos 
xususiyatlardandir. Tavsifiy matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atamalar
modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravishlar faol qo‘llanadi.
„Matn“ tushunchasining ikkita asosiy talqini mavjud: immanent (kengaytirilgan, 
falsafiy qarashlarga yo‘g‘rilgan) va reprezentativ (asosan, xususiy munosabat aks 
etgan). Immanent yondashuv matnda voqelikka xolis munosabat bildirib, uning 
ichki tuzilishini uchinchi shaxs tomonidan yoritishga e‘tibor qaratishni nazarda 
tutadi. Reprezentativ yondoshuv esa, matnni tashqi voqelik haqidagi maʼlumotni 
taqdim etishning maxsus shakli sifatida ko‘rib chiqishni anglatadi. 
2. Matnni boshqa til birliklaridan farqli jihatlari qaysilar? 
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. 
Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik ma’nodor 
birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar 
sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til 
bosqichlarida o‘rganadi. 
An’anaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi o’rtasida katta farqlar bor. Matnga 
bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. 
Hozirgi davrda mavjud bo’lgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham 


o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo - matn tuzilishi va unda 
mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir. Biroq matndagi har bir birlik 
doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish 
mumkin. 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling