1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot
Download 271.75 Kb.
|
dinamika
10-bilet
1 Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to„liq bandlilgini ta‟minlab turadi. Pul bozori investitsiya va jamg„armalar tengligini hamda to„liq bandlik sharoitini ta‟minlaydi. Faqatgina, ishsizlikning tabiiy darajasida «ixtiyoriy» ishsizlik bo„lishi mumkin, deb hisoblashadi. Bu shuni bildiradiki, AD va AS ning muvozanat nuqtasida ishlab chiqarish hajmi (Y) uning potensial hajmiga esa (Y*) teng. Iqtisodiyotda yaratilgan daromadlaning bir qismi jamg„arilishi yalpi talabning yalpi taklifni qoplashi uchun etishmasligiga olib kelmaydi, chunki har bir jamg„arilgan so„m tadbirkorlar tomonidan investitsiyalanadi, deb ta‟kidlashadi. 2 Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo‘llanilayotgan usullar inflyatsion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o‘z ichiga oladi.Inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo‘ljallarga qarab farqlanadi.Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o‘zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.Ushbu strategiyaning samarali qo‘llanilishi inflyatsiya ko‘rsatkichlari va pul agregatlari o‘rtasidagi mustahkam doimiy bog‘liqlik bo‘lishini talab etadi. Bunda inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi. 3. Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak. Pulga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi kabi omillar pulga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi.Bunday holatda, pulga bo‘lgan talab va foiz stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlik sust bo‘lganligi sababli Markaziy bank uchun pul massasining maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi. 11-bilet. 1. Mehnat bozori — ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi. Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi Ishsizlik butun iqtisodiy mexanizmning ishlashi natijasida umumiy iqtisodiy xususiyatgaega,sababi mehnat bozori ijtimoiy va mehnatmunosabatlarining alohida tizimi emas,u barcha bozormunosabatlari tizimiga organic ravishda kiritilgan va iqtisodiy bo’lmagan omillar tufayli shakllantirilgan.Mehnat bozori va ishsizlikning talab shaklidagi nisbati, ishsizlik emas.Ishsizlik bu bandlikning tashqarisida bo’lib,unga bandlikni shakllantiruvchi omillardan tashqari boshqa omillar ham ta’sir qiladi.Shunga qaramay,ishsizlikni bandlik nuqtai nazaridan ko’rib chiqish tavsiya etiladi. Ishsizliknazariyasidaishsizlikningijtimoiy Iqtisodiy oqibatlari masalalari alohida o’rinda turadi. Ishsizlik birinchi navbatda mavjud bo’lgan ishchi kuchidan to’la foydalanmaslikdemakdir.Buningzararialbattadavlatuchunbo’ladi. Agar davlat ishlamoqchi bo’lgan va ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan har birkishiga yetarlicha ish o’rni yaratib beraolmasa potensial tovarlarvaxizmatlarishlabchiqarishyo’qoladi.Mahsulotbo’lmaganishlabchiqarishda,ishsizlikningiqtisodiyxarajatlarinamoyonbo’ladi.Yalpimilliymahsulotninghaqiqiyhajmivayaratilishimumkinbo’lgan, ammoishlabchiqarilmaydiganpotensialo’rtasidagifarqodatdayalpiichkimahsulotningorqadaqolishideyiladi. Okun qonuni eng asosiy shaklda mamlakatdagi ishsizlik darajasi va uning iqtisodiyotining oʻsish sur’ati oʻrtasidagi statistik bogʻliqlikni tekshiradi. iqtisodiy faollik va ishsizlik o`rtasida miqdoriy bog`liqlikni aks ettiradi. Agarda aslidagi ishsizlik darajasi uning tabiiy darajasidan 1 % oshsa, unda YaMM orqada qolishi 2,5% ni tashkil etadi. Okun qonunida aytilishicha, ishsizlik darajasini 1 foizga kamaytirish uchun mamlakatning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) bir yil davomida taxminan 4 foizga oʻsishi kerak. 2. Rejalashtirilgan xarajatlar chizig‘i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar bir-biriga teng bo‘lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o‘tadi.. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg‘armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo‘ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o‘zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi. Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko‘p bo‘lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o‘zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o‘sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi. 3.Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlarini va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli yordamida bajariladi. IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovariar, ham pul bozorida birgalikda muvozanat o'rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi. Bunda tovariar bozori deganda ham iste’mol, ham investitsion tovariar bozori tushuniladi IS - LM modeli (investitsiyalar - jamg'armalar, ljkvidlilikni afzal ko'rish - pul) - Yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-pul muvozanati modeli. IS egri chizig'i tovariar, xizmatlar bozorida foiz stavkasi “R” va daromadlar darajasi “Y” ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaqtning o'zida asosiy makroiqtisodiy ayniyat, iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari qondiriladigan nuqtalaming geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamg'armalar o'zaro teng boMadiFoizstavkasiningR1. dan R2ga qadar ko'tarilishi investitsiyalar miqdorining I1 dan I2 ga qadar kamayishiga olib keladi. Bu haqiqiy xarajatlar egri chizig'ining E1dan E2 ga qadar pastga tomon∆E =∆ 1 ga teng miqdorda surilishiga olib keladi. Oqibatda daromadlar miqdori Yj dan Y2 qadar∆Y =∆E x m miqdorga pasayadi, bu yerda (m = l/(I-b(l-T)+m’)). Demak, tovariar va xizmatlar bozorida daromadlar darajasi va foiz stavkasi dinamikasi o'rtasida teskari bog'liqlik mavjud. R o'zgarmagan holda IS egri chizig'ining o'ngga yoki chapga siljishi quyidagi omillar ta’sirida ro'y beradi: - iste’mol xarajatlari darajasi; - davlat xaridi darajasi; - sof soliqlar (soliqlar - subsidiyalar - transfertlar); - investitsiyalar hajmining (R ning mavjud stavkasida) o'zgarishi. IS tenglamasi avvolo iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari tenglamalarini asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo'yib, R va Y ga nisbatan yechish yo'li bilan topiladi. R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi: R = ((a + e + g) / (d + n)) - ((1 - b (1 - 1) + m') / (d + n)) Y + + (1 / (d + n)) G - (b / (d + n)) Ta Bu yerda:T = Ta + 1 Y LM egri chizig'i o'zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni aks ettiradi. LM egri chizig'ining har bir nuqtasida pulga talab (Md) pul taklifiga (Ms) teng bo'ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga daromadning (Y) oshishi bilan foiz stavkasi (R) ko'tarilsagina erishiladi. Ma’lumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari daromadlar darajasi ham ta’sir ko'rsatadi. Daromadlar yuqori bo'lsa, xarajatlar ham ko'p bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida iste’mol va boshqa xarajatlar uchun pulga talabning oshishiga olib keladi Daromad darajasi qancha baland bo'lsa, pulga boMgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq tarzda muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo'ladi Download 271.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling