1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot
Download 271.75 Kb.
|
dinamika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unumli iste‘mol
2-Bilet.
1Savoliqtisodiy hodisalar va ularning harakatini bir tizim deb oʻrganuvchi iqtisodiyot nazariyasining boʻlimi. Mamlakatning iqtisodiy holati va rivojlanishini ifodalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigʻindisi, muomaladagi jami pul miqdori va shu kabi jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar makroiqtisodiyot oʻrganadigan obyektlar hisoblanadi. Oʻz ichiga hududiy, milliyva xalqaro iqtisodiyotlarni qamrab oladi. 1. MHT makroiqtisodiy tahlil uchun zarur baza hisoblanib, o‘zining ancha moslashuvchanligi va qulayligi bilan ajralib turgid. Rivojlanishning turli bosqichlarida turgan mamlakatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi, hamda tahlil va prognoz uchun axborot bazasi hisoblanadi. 2. MHT nafaqat muayyan davrda, balki dinamikada ham (muayyan vaqt qatori mobaynida) eng muhim makroiqtisodiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar (masalan, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi) harakatini kuzatish imkonini beruvchi tizimni o‘zida namoyon etadi. 3. MHT – xalqaro taqqoslashlar uchun eng muhim axborot manbai hisoblanadi, chunki xalqaro tashkilotlarga milliy hisobvaraqlar bo‘yicha ma’lumotlarni, xalqaro standartlarga mos keluvchi ta’riflar va tasniflarni taqdim etishda foydalaniladi. Ushbu ma’lumotlar ko‘plab holatlarda, masalan, imtiyozli yordam olish huquqini belgilashda, XVFga a’zo mamlakatlar kvotalarini hisoblab chiqishda, shuningdek, turli mamlakatlar milliy hisoblarini taqqoslashni amalga oshirish imkonini beradi. 2-SavolMilliy iqtisodiyotning yaratishdan hosil bo’lgan milliy daromad iste‘mol va jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste‘mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlaran foydalanishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste‘mol farqlanadi.Unumli iste‘mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste‘mol qilinishini, ya‘ni ulardan ishlab chiqarish maqsadida foydalanish jarayonining anglatadi. Download 271.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling