1-chi bilet. 1-savol Ochiq iqtisodiyot
Download 271.75 Kb.
|
dinamika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Valyuta siyosati
6-bilet
1. AD va AS egri chiziqlarining kesishish nuqtasi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi va baholarning muvozanatli darajasini belgilaydi. Baholarning muvozanatli darajasi deganda baholarning shunday darajasi tushuniladiki, unda yalpi talab va taklif bir-biriga mos kelishi yoki teng bo„lishi kerak. Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmini dastlab oraliq kesmada ko„rib chiqamiz (5.3-rasm). Dastlab muvozanat e nuqtasida o„rnatilgan. Baholarning muvozanatli darajasi va yalpi ishlab chiqarish hajmining muvozanatli hajmlari mos ravishda Pe va Ye lar bilan belgilangan. Nima uchun Pe narxlarning muvozanatli darajasini va Ye esa yalpi ishlab chiqarishning muvozanatli hajmiini bildirishini ko„rsatishimiz uchun baholarning muvozanatli darajasi Pe emas, balki P1 deb hisoblaymiz. 2. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin. 3. Valyuta siyosati Boshqa tilda oʻqish PDF sifatida yuklash Kuzatish Tahrirlash Valyuta siyosati — davlatning mamlakat ichida va undan tashqarida valyutaga, valyuta kursita, valyuta operatsiyalariga taʼsir koʻrsatish chora-tadbirlari; davlat iqtisodiy siyosatining va tashqi iqtisodiy faoliyatiningtarkibiy qismi. V.s.ning asosiy dastaklari — valyuta intervensiyasi, valyuta cheklashlari, valyuta subsidiyasi, valyuta pariteti, valyuta rezervlari, devalvatsiya, revalvatsiya va b.dan tashkil topadi. Mamlakatda V.s.ni hukumat, markaziy bank, markaziy moliya muassasalari amalga oshiradi.Jahon miqyosida V.s.ni xalqaro valyuta — moliya tashkilotlari (Xalqaro valyuta fondi, xalqaro banklar) olib boradi. Uni amalga oshirish davriga koʻra, joriy V.s. va uzoq muddatli V.s. kabi kurinishlari bor. Joriy V.s.da valyuta bozori holati oʻzgarishlari (konʼyukturasi), deviz va diskont siyosati, valyuta zaxiralari yordamida tartibga solinadi va bu siyosat toʻlov balansi tengligini taʼminlashga xizmat qiladi. Uzoq muddatli V.s. valyuta mexanizmi, valyutalar kursi va pariteti, xalqaro hisob-kitoblar tartibini oʻzgartirish maqsadlarini koʻzlaydi. 7-bilet 1Jahonning iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarida inflatsiyaga qarshi kurash olib borishda juda katta nazariy va amaliy tajriba to‗plangan. Inflatsiyani butunlay yo‗qotish imkoniyati yo‗q. Chunki uni yuzaga chiqishiga sabab bo‗lgan omillarni (ichki va tashqi, pullik va pulsiz) to‗liq yo‗qotish mumkin emas. shuning uchun hozirgi davrda eng asosiy maqsad inflatsiyaning butunlay yo‗qotish emas, balki uni boshqaruvchan qilish va salbiy iqtisodiy – ijtimoiy oqibatlarini zaiflashtirish hisoblanadi. Dunyoning turli mamlakatlarida xukumat tomonidan mavjud iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda inflatsiyaga qarshi turli antiinflatsiya siyosatini ishlab chiqaradilar va uni amalga oshiradilar. Antiinflatsiya siyosati-baholar umumiy darajasini barqarorlashtirish, inflyasion keskinlikni yumshatishga yo‗naltirilgan makroiqtisodiy siyosat. Antiinflatsiya siyosati inflatsiyani yuzaga keltirgan sabablarni tugatishga qaratilgan faol va inflatsiya sharoitlariga moslashishga qaratilgan passiv ko‗rinishda bo‗lishi mumkin. Antiinflatsiya siyosati o‗z ichiga quyidagilarni oladi: -yalpi talabni tartibga solish; -yalpi taklifni tartibga solish. Download 271.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling