1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga xos xususiyatlari darsning maqsadi
Download 0.9 Mb.
|
1-dars 1-§. Organik kimyo tarixi. Organik birikmalarning o‘ziga
- Bu sahifa navigatsiya:
- TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
- TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya
- II.Dars turi
64-DARS Mavzu: Masalalar yechish
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. II.Dars turi:Umumlashtiruvchi dars III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum. IV.Dars jihozi:a)Darslik b)Tarqatmalar. V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish. VIII. Dars bayoni : To’yingan ikki atomli spirtlarning umumiy formulasini belgilang. CnH2n+1OH B. CnH2n (OH)2 C. CnH2n+2OH D. CnH2n-1(OH)3 Qaysi javobda birlamchi spirt nomi keltirilgan? Butanol-1 B. uchlamchi butanol C. butanol-2 D. 2 metil propanol-2 Sanoatda methanol olishda qaysi moddadan foydalaniladi? CO2 B. H2O C. CO+H2 D. CO2+H2O CH3-C(CH3)2-CH(CH3) (OH) sistematik nomlang: 2,3 butanol-2 B. 3,3dimetil butanol-2 C. ikkilamchibutanol D. birlamchi butilspirt Spirtlardagi funksional guruhni aniqlang -COH B. -COOH C. R-O-R D. -OH Tibbiyotda etanol qanday maqsadda ishlatiladi? Dizenfeksiyalovchi B. surtma C. tinchlantiruvchi D. eritmalar tayyorlashda Uch atomli spirt keltirilgan javobni belgilang 2 metil propen B. uchlamchi butanol C. etilenglikol D.glitserin Tibbiyotda yurak kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladigan modda nomi Nitroglitserin B. glitserin C. etilenglikol D. etanol Gletsirin yetarli miqdorda nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib qanday moddani hosil bo‘ladi. Nitroglitserin B. glitserin C. etilenglikol D. pikrin kislotasi Fenol tarkibidagi sigma va pi bog’lar sonini hisoblang 15, 3 B. 17, 2 C. 13, 3 D. 18, 3 O‘tkir hidli suvda yomon eriydigan, rangsiz kristall modda. Nitroglitserin B. glitserin C.pikrin kislotasi D. fenol Qaysi modda fenolga sifat reaksiyasini beradi? AgNO3 B. Pb(NO3)2 C. NaCl D. FeCl3 2,3 gramm natriy qancha massa natriy fenolyatni hosil qiladi. A.11,6gr B. 22,6gr C. 13,8gr D. 33,8gr IX.Uyga vazifa: mustahkamlash Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling