Uyga vazifalar.
1) O’tilganlarni takrorlash.
2) Fizik she’rlar yodlab kelish.
67-dars Sana: 9-sinf
Mavzu: Nazorat ishi - 8
Darsning maqsadi.
a) o’tilgan mavzular bo'yicha o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
b) O’quvchilarga axloqiy tabiya berish
c) O’quvchilarning bilimini sinash
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: Nazorat darsi
Darsda foydalaniladigan metod: test sinovi.
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, test sinovi varaqalarini tarqatadi
2. Test sinovi:
1. Quyosh sistemasida nechta sayyora mavjud?
A) 9 B) 8 C) 10 D) 12
2. Yorug’lik tezligi qanchaga teng?
A) 30000 km/s B) 3000 km/s C) 300000 km/s D) 3000000 km/s
3. Yorug’lik Quyoshdan Yergacha qancha vaqtda yetib keladi? Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa 150 mln km
A) 8,3 min B) 8,3 s C) 1,5 min D) 15 min
4. Quyoshdan eng uzoq sayyora qaysi?
A) Yupiter
B) Neptun
C) Uran D) Saturn
Do'stlaringiz bilan baham: |