4. Mustahkamlash
1. Vodorod molekulasining massasini toping
2. Nima uchun temperature ko’tarilishi bilan Broun molekulasining harakat jadalligi ortadi?
5. O’quvchilarni baholash: O’quvchilar masalalarni ishlashdagi faolligiga qarab baholanadi
6. Uy vazifalari.
1-6- § lami takrorlash.
«I bobni takrorlash uchun savol va masalalar»dan kamida 4 ta masalani yechish. Qiziquvchi o‘quvchilarga ixtiyoriy ravishda boshqa masalalami ham yechishlari uqtiriladi.
9-dars sana: 9-sinf
Mavzu: Nazorat ishi
Darsning maqsadi.
a) I bobdagi mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish.
b) Aqliy tarbiya berish
s)O’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini oshirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: o’tilganlarni takrorlash
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, test sinovi.
Dars jihozi:davriy sistema,ko’rgazma
Do'stlaringiz bilan baham: |