3.Masalalar yechish:
1. Agar yulduzlardan biridan yorug’lik nuri 100 yilda yetib kelsa, Yerdan bu yulduzgacha masofa qancha?
2. Yerdan Quyoshgacha masofa 149,6 mln km, Yupiterdan Quyoshgacha o’rtacha masofa 1429,3 mln km ga teng Yer Quyosh bilan Yupiter oralig’idagi holatda deylik. Yupiterdan qaytgan nur qancha vaqtda Yerga yetib keladi?
3. Faraz qiling, raketa yorug’lik tezligida 100 km balandlikda Yer sharining ekvatori bo’ylab uchmoqda. Bunday tezlikda uchayotgan raketa 1 s da Yer sharini necha marta aylanib chiqadi?
Boshqotirma
1. Janubiy va shimoliy qutblari bor. O’ziga kichik mixchalarni tortadi. BU ….
2. Bo’yiga. Unda elektr energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Bu ….
3. Eniga: 1820 yilda birinchi bo’lib elektr tokining magnit xususiyatini tajriba orqali payqagan fizik.
4. Ko’p o’ramlari bor sim o’tkazgichdan iborat. Undan tok o’tsa atrofida magnit maydoni hosil bo’ladi. Bu…..
5. Materiyaning bir turi. ……
6. Temir o’zakli g’altakka …………deyiladi.
4. Mustaqil ishlash:
5.O’quvchilarni baholash: O’quvchilar darsdagi faol ishtirokiga ko’ra baholanadi.
6. Uyga vazifalar.
1) Darslikdan 101 – bet muhim xulosalarni o’qish.
2) 102 – bet savollarga javob berishga tayyorlanish.
47-dars Sana: 9-dars
Mavzu: Atom tuzilishi bo’yicha tushuncha
Darsning maqsadi.
a) O’quvchilarga atom tuzilishi haqidagi dastlabki ta’limotlar, atomning planetar modeli, Tomson tajribalari haqida ilmiy va nazariy tushunchalarni hosil qilish
b) O’quvchilarga axloqiy va ekologik tarbiya berishda hamkorlik qilish
c) O’quvchilarning ijodkorligini oshirish, fanga qiziqtirish, dunyoqarashini rivojlantirish
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |