1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
Download 5.24 Mb.
|
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
- Dars turi
- O’quvchilarni baholash
- Yangi mavzuning bayoni
Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish. Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantirish darsi. Jihozlar: Ko’rhazmalar, slaydlar, magnit doska, baholash uchun alohida ishlangan magnitli shakllar. Metod: interfaol. Dars rejasi: 1.Tashkiliy qism-1minut 2.O’tilgan mavzuni so’rash-10 minut 3.Yangi mavzuning bayoni- 20 minut 4.Mustahkamlash- 10 minut 5.O’quvchilarni baholash -3 minut 6.Uyga vazifa-1minut Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism o’tkazilib o’quvchilarning davomati va darsga tayyorligi aniqlanadi.O’quvchilar qatorlar bo’yicha guruhlarga ajratiladi. 2. O’tilgan mavzular bo’yicha savol-javob: 1.”Atom” so’zining ma’nosi nima? 2.Markaziy Osiyo olimlaridan kim atom bo’linuvchan ekanligini ta’kidlagan? 3.Tomson modelini ayting? 4.Planetar modelni ta’riflang? 5.Atom yadrosi qanday tuzilgan? 6.Atom massa soni nima? 7.Atomdagi protonlar soni nimani bildiradi? 8.Yadro kuchlari nima? 9.Bog’lanish energiyasi nima? 10.Yadro reaksiyasini tushuntiring? 11.Zanjir reaksiyasi nima? 12. 1 gramm uran to’liq bo’linish jarayonida qancha energiya ajraladi. Har bir guruh o’quchilarining bergan javoblari baholanib, magnit doskasida ko’tsatilgan o’z qatorlari to’g’risiga qo’yib boriladi. Bunda “ 5” baho doira shaklidagi ko’rinishda, “4” baho to’rtburchak shaklida , “3” baho uchburchak shaklida belgilanadi. Savol-javob tugagach har bir guruhga 3 tadan kimyoviy elementning tarkibiy qismini aniqlash topshiriladi.Masalan: geliyning atom massa sonini aniqlang. Bunda davriy sistemadan foydalaniladi. 3.Yangi mavzuning bayoni: 1.Yadro reaktori tuzilishi. 2.Yadro reaktorining ishlashi. 3.Plutoniy hosil bo’lishi. 4.Reaktor qanday holda portlaydi. 5.Birinchi yadro reaktori. 6.AES ning afzalliklari. 7.Yadro energiyasining qo’llanish sohalari. 8.Yadro quroli. 9.Radiatsiyaviy avariya va undan himoyalanish. Mavzuni uchala guruh o’quvchilari navbatma-navbat yuqoridagi reja asosida tushuntirishadi.Mavzuni tushuntirish jarayonida ko’rgazma va slaydlardan foydalanib boriladi. Har bir guruh kamchiliklari qolgan guruhlar tomonidan to’ldiriladi. O’quvchilar bergan tushunchalar har bir reja oxirida o’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. Yadroning bo’linish zanjir reaksiyasi boshqariladigan qurilma yadro reaktori deyiladi. Yadro reaktorining asosiy qismini yadro yoqilg’isi va neytronlarni sekinlatgich, issiqlik eltgich va reaksiya tezligini boshqaruvchi sterjenlar tashkil qiladi. Reaktorni boshqaruvchi sterjenlar bor va kadmiydan ishlangan bo’lib, ular neytronni yaxshi yutish xossasiga ega. Uran-235 izotopi sekin neytronlarni yaxshi yutadi. Shuning uchun yadro reaksiyasida ajralgan tez neytronlar og’ir suv yordamida sekinlantiriladi. Yadro yoqilg’isi joylashgan kamera qaytargich bilan o’ralgan. Bu tashqariga radiatsiya chiqmasligi uchun xizmat qiladi. Yadro teaktorida uran-235 parchalanganda ikkita bo’linish parchasi va 2-3 ta neytron ajralib chiqiladi. Bu neytronlar og’ir suv yordamida sekinlashtiriladi. Sekin neytronni yutib uran 235 parchalanadi. Uran 238 esa sekin neytronni yutib uran 239 ga aylanadi. Uran 239 neptuniy 239 ga u esa ikki sutkadan so’ng plutoniy 239ga aylanadi. Plutoniy 239 esa xuddi uran 235 dek parchanish xususiyatiga ega. 1kg uran 235 parchalangancha 1.5 kg plutoniy 239 hosil bo’ladi.Bunda reaktor o’zini-o’zi yoqilg’i bilan boyitadi. Boshqaruv sterjenlari neytonlar miqdorini 1 maromda ushlab turadi. Neytronning ko’payish koeffitsiyenti к=1 bo’lganda reaksiya bir maromda davom etadi. к=1.01 bo’lgan ondayoq reaktor portlaydi. Shuning uchun k ning qiymatini bir xil ushlab turishi kerak. Yadro yoqilg’isidan ajralgan energiya issiqlik eltgich yordamida suv solingan qismga yetkaziladi. Bunda yuqori bosimli bug’ hosil bo’lib generator parragini aylantiradi. Natijada elektr energiyasi hosil qilinadi. Yadro energiyasidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi stansiyalar atom elektro stansiyalar deyiladi. AES larning afzalligi shundaki ular tabiatni ifloslovchi zaharli gazlar chiqarmaydi. Faqat qat’iy ish qoidasiga rioya qilish shart. Birinchi yadro teaktori italyan fizigi Enriko Fermi tomonidan 1942-yilda AQSH da ishga tushirildi. B irinchi AES 1954-yilda Moskva yaqinidagi Obninsk shahrida akademik Kurchatov rahbarligida ishga tushirildi.Uning quvvati 5000 kw edi. Hozirda AESlar quvvati 500-ming MW ga yetadi. Yadro quroli “Atom bombasi” deb yuritiladi. Atom bombasi portlashi boshqarilmaydigan zanjir reaksiyasi bo’lib bunda neytronlar keskin ko’payib ketadi. Yadro quroli portlaganda temperature 10000000 K dan ortib ketadi! Ayni paytda kuchli bosm va kuchli radiatsion nurlanish yuzaga keladi. Bu ommaviy qirg’in qurolidir. 1945-yilda AQSH tomonidan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlari ustiga ikkita atom bombasi tashlandi. Bu esa yuz minglab odamlarning halok bo’lishiga olib keldi. 1968-yil 1-iyunda “Yadro qurolini tarqarmaslik to’g’risida” xalqaro shartnoma tuzildi. 1995-yil 11-mayda 178 mamlakat tomonidan bu shartnoma cheklanmagan muddatga uzaytirildi. Yadro energiyasidan nafaqat AES larda balki yuk tashuvchi kemalarda, suv osti kemalarida kosmik raketalarda ham foydalaniladi. AES larda avariya holati bo’lganda portlash yuzaga kelsa radiatsiyaviy avariya sodir bo’ladi. Bunda tirik organizmlar uchun xavfli bo’lgan nurlar tarqaladi. Bunday nurlanishdan faqat qalin devorli yerto’lalarda, maxsus joylarda himoyalanish mumkin. Bunday joydan uzoq bo’lganda suv ostiga sho’ng’ish ham foydalidir. Download 5.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling