O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish.
Dars turi: o’tilganlarni takrorlash
Darsda foydalaniladigan metod: savol-javob, masalalar yechish, mustaqil ishlash.
Dars rejasi.
1. Tashkiliy qism - 2 minut.
2. Uy vazifalarini tekshirish - 6 minut.
3. O’tilgan mavzular yuzasidan mashqlar bajarish- 25 minut.
4. Olingan bilimlarni mustahkamlash - 8 minut.
5. O’quvchilarni baholash – 2 minut
6. Uyga vazifa berish - 2 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. 0‘qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, takrorlash uchun savollar tayyorlab qo‘yiladi, masalalar yechishga tayyorgarlik ko'riladi.
0‘tilgan mavzularni takrorlash. Savol-javoblar asosida o‘tilgan I bobning 1-4 mavzulari takrorlanadi. Bunda bob yakunida keltirilgan «I bob yuzasidan xulosalar»dagi har bir xulosa va qonuniyatlar o‘quvchilar bilan birgalikda tahlil qilinadi.
3. Masalalar yechish. I bob oxirida keltirilgan masalalardan tanlab olib, o‘quvchilar bilan birgalikda yechiladi. Shu bilan bir qatorda o‘quvchilarga bob oxiridagi masalalardan ixtiyoriy ravishda tanlab olib, mustaqil tarzda masalalar yechishlariga ko‘rsatma beriladi.
1. Usti ochiq turgan 1Lsig'imli idish ichida nechta molekula bor? Havo molekula¬
larining konsentratsiyasi 2,7 • 1025 m3 ga teng.
2. Molekulalar konsentratsiyasi 6 • 1024 m3 ga teng bo'lgan idishdagi gazning bosimi
5 • 104 N/m2 ga teng. Bitta molekulaning o'rtacha kinetik energiyasini toping.
3. 10 /sig'imli idishdagi gaz molekulalarining kinetik energiyalari yig'indisi 3 kJ ga teng bo'lsa, gazning idish devorlariga beradigan bosimini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |