Dars turi: yangi bilim berish
Dars jihozlari: Mendeleyev kimyoviy davriy sistemasi, slaydlar, kodoskop.
Darsda foydalangan metodlar: «Klaster» interfaol metodi.
Tayanch so‘zlar: modda miqdori, Avogadro doimiysi, molar massa, Loshmidt soni.
Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
Uy vazifalarini tekshirish - 6 minut.
Yangi mavzuning bayoni - 25 minut.
Yangi mavzuni mustahkamlash - 8 minut.
O’quvchilarni baholash – 2minut
Uyga vazifa berish - 2 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism.
0‘qituvchi uy vazifalarini tekshirish maqsadida «Klaster» interfaol metodini qollashga tayyorgarlik ko‘radi.
O’tgan mavzuni eslash.
0‘quvchilar muhokamasiga quyidagi savollar havola qilinadi:
Molekulaga ta’rif bering.
Molekulalar o‘lchamini qanday baholash mumkin?
Konsentratsiya va uning birligi.
1 m.a.b. qilib qanday «kattalik» olingan?
5. Doskaga quyidagi blok-sxema chiziladi va muhokama qilinadi:
Yangi mavzuning bayoni.
Modda miqdori haqida ma’lumotlar beriladi va ta’riflanadi. v = N/Nava [v] = 1 mol ekanligi tushuntiriladi. Bir nechta moddaning (vodorod, uglerod, suv, kislorod, karbonat angidridning) 1 moli necha molar massa bo‘lishi va massasi necha gramm bolishi aytiladi. Keltirilganmoddalaming barchasining 1 molida bir xil ravishda 6,02-1023 ta molekula bo‘lishi uqtiriladi. Bu son tabiatdagi barcha moddalar uchun bir xil ekanligi, u Avogadro doimiysi deb atalishi aytiladi.
Ixtiyoriy olingan 1 mol miqdordagi moddaning massasi molar massa deyilishi tushuntiriladi. Molar massaning asosiy birligi kg/mol ekanligi aytiladi va misollar keltiriladi.
So‘ngra molar massa bilan Avogadro doimiysi orasidagi boglanish (M = m0i*NA), molar massa bilan molekular massa orasidagi bog‘lanish (M = 101 Mr kg/mol), modda miqdori bilan molar massa orasidagi bog‘lanish (v = m/M) misollar bilan tushuntiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |