Dars turi: yangi bilim berish
Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum», «Fikrlay olasanmi?» interfaol metodlari («Klaster» metodidan ham foydalanish mumkin).
Dars jihozlari: darslikdagi 8-rasm tasvirlangan plakat, didaktik materiallar.
Tayanch so‘zlar: ideal gaz, real gaz, ideal gaz bosimi, molekulalar tezliklari kvadratlarining o‘rtacha qiymati, molekulaning o‘rtacha kinetik energiyasi, ideal gazning ichki energiyasi.
Dars rejasi.
1. Tashkiliy qism - 2 minut.
2. Uy vazifalarini tekshirish - 6 minut.
3.Yangi mavzuning bayoni - 25 minut.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash - 8 minut.
5.O’quvchilarni baholash – 2minut
6. Uyga vazifa berish - 2 minut.
Darsning borishi
Tashkiliy qism. Plakat o'rnatiladi, didaktik materiallar tarqatiladi. 0‘quvchining bilim, malaka, ko‘nikmalarini tekshirish uchun foydalanadigan «Aqliy hujum», «Fikrlay olasanmi?» interfaol metodlari uchun tayyorgarlik ko'radi.
O’tilganlarni eslash:
Ideal gazning bosimini tushuntirish darslikdagi 8- rasmga asoslanadi. 0‘quvchilardan «Bosim deb nimaga aytiladi va qanday harf bilan belgilanadi?», «Bosim qanday birlikda o‘lchanadi?» degan savollarga javob berish so‘raladi.
3. Yangi mavzuning bayoni
Maqsad ideal gaz bosimi gaz molekulalarining kinetik energiyasiga bog‘liqlik formulasini keltirib chiqarishdan iboratligi aytiladi.Bunda «Mexanika» kursida berilgan ma’lum bir tezlik bilan harakatlanayotgan jismning kinetik energiyasi qanday ifodalanishi keltiriladi.Chunki ideal gazdagi harakatlanayotgan alohida molekulaga harakatlanayotgan jism deb qaralib, uning kinetik energiyasi haqida so‘z yuritiladi.
Ideal gazda molekulalaming tezligi, binobarin, kinetik energiyalari ham turlicha bo‘ladi. Shuning uchun gaz bosimini hisoblashda molekulalaming o‘rtacha kinetik energiyasi bilan ish ko‘riladi.
Ma’lumki, kinetik energiya tezlikning o‘zi orqali emas, balki kvadrati orqali ifodalanadi.Shu bois, o‘rtacha kinetik energiyani hisoblashda molekulalar tezliklari o‘rtachasining kvadrati bilan emas, balki tezliklari kvadratining o‘rtachasi bilan ish ko‘riladi.Chunki, o‘rtacha tezliklar kvadrati bilan tezliklar kvadratining o‘rtachasi matematik jihatdan ham, fizik mohiyati jihatidan ham har xildir. Masalan, 4 ta jism mos ravishda 1 m/s, 2 m/s, 3 m/s va 4 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsin.
Bu jismlaming o‘rtacha tezliklari kvadrati quyidagicha hisoblanadi:
v2= ((1 m/s + 2 m/s + 3 m/s + 4 m/s)/4)2 = 6,25 m2/s2.
Endi tezliklar kvadratining o‘rtachasini hisoblaylik: v2= (l2 m2/s2 + 22 m2/s2 + 32 m2/s2 + 42 m2/s2)/4 = 7,5 m2/s2.
Tezliklar kvadratining o‘rtachasini odatda o‘rtacha kvadratik tezlik deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |