1-dars sana: 9-sinf Mavzu: Molekular –kinetik nazariya haqida tushuncha Darsning maqsadi


Download 5.24 Mb.
bet79/117
Sana09.11.2023
Hajmi5.24 Mb.
#1759504
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117
Bog'liq
1-dars sana 9-sinf Mavzu Molekular –kinetik nazariya haqida tu

Darsning borishi
1. Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish, navbatchi axboroti.
2. O'tilgan mavzuni takrorlash:
1) Yorug’likning kimyoviy ta’siri deganda nimani tushunasiz?
2) Nima sababdan ko’pgina kimyoviy moddalar yorug’lik tushmasligi uchun maxsus qora paketchalarga solinib, qorong’I joyda saqlanadi?
3) Fotosintez deb qanday jarayonga aytiladi?
4) Nima uchun elektr lampochkaning yorug’ligi ta’sirida fotosintez yuz bermaydi?
3. Yangi mavzu bayoni:
Quyoshdan kelayotgan yorug'lik energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantirib, undan turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Quyosh energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirib beruvchi qurilmalar geliotexnik qurilmalar deb, Quyosh energiyasidan foydala­nish istiqbollari bilan shug'ullanadigan soha geliotexnika deb ataladi Yunonchada «Gelios» - «Quyosh» demakdir.
Yer sirtiga yetib keladigan Quyosh nurlari juda katta issiqlik manbayi hisoblanadi. Ana shu manbadan samarali foydalanish usullarini topish, turli qurilmalar, energiya manbalarini yaratish geliotexnikaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
O'zbekistonda Quyosh energiyasidan azaldan foydalanib kelingan. Odamlar qadimdan meva va sabzavotlarni Quyosh nurida quritib kelganlar. Masalan, uzumni oftobda quritib, eng yuqori sifatli mayizlar tayyorlangan. O'rik, qovun, olma, shaftoli va boshqalarni quritib, ularning qoqisi tayyorlangan.
Buyuk mutafakkirlarimiz Quyosh issiqligining Yer yuzida bo'ladigan hodisalarga aloqadorligi haqida fikr yuritganlar. Masalan, Abu Ali ibn Sino o'zining «Donishnoma» kitobida «Linzaning alanga oldirishiga sabab, uning bir tomondan kelayotgan nurlarni bir nuqtaga yig'ishidadir. Bu nuqta kuchli yoritiladi va kuchli isiydi», deb yozadi. Ibn Sinoning tavsiyasiga binoan, Quyosh nuri havoni tozalab turishi uchun Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda uy binolarining hamma qismiga Quyosh nuri tushib turadigan qilib solishgan.
Geliotexnika sohasida tadqiqotlarni ohb borishga ham e'tibor berila boshlandi. 1934- yilda Toshkentda Geliotexnika laboratoriyasi faoliyat ko'rsata boshladi.
1943- yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasining Fizika -texnika institutida Geliotexnika laboratoriyasi tashkil etildi. Bu laboratoriyada olib borilgan tadqiqotlar asosida Quyosh energiyasidan foydalanib suv isitish qurilmalari, meva quritgichlar, pilla ivitgich va quritgichlar, oltingugurtni suyultirish qurilmalari yaratildi.
1946- yilda Fizika-texnika institutida diametri 10 m li ko'zgusimon paraboloid qurilma barpo etildi. Quyosh energiyasini yig'ib beradigan bu qurilmadan bug' va muz olish ishlarida foydalanildi.
Respublikamizda Quyosh energiyasidan foydalanish borasida ulkan yutuqlarga erishildi. 1960-1970-yillardayoq bu sohada olimlarimiz U. O. Oripov, S. A. Azimov va boshqalar asos solgan geliotexnika maktabi shakllangan edi.



Download 5.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling