1-dars: Sud tibbiyotining predmeti. Sud tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari
Sud-tibbiy ekspertizaning protsessual turlari
Download 281.43 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Komissiyaviy ekspertiza.
- Kompleks ekspertiza.
1.5.
Sud-tibbiy ekspertizaning protsessual turlari Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud-tibbiy ekspertizaning quyidagi turlari farqlanadi: 1. Birlamchi ekspertiza. Ular murda, tirik shaxslar, ashyoviy dalillar va boshqa materiallar bo'yicha tayinlanishi mumkin. Bu turdagi ekspertizalar odatda bir ekspert tomonidan o'tkaziladi. 2. Komissiyaviy ekspertiza. Ushbu sud-tibbiy ekspertizalar quyidagi holatlarda tayinlanadi: - tibbiy xodimlarning kasb huquqbuzarliklari bilan bog'liq jinoiy va fuqarolik ishlarida; - mehnat qobiliyatini doimiy yo'qotish darajasini aniqlash uchun; - tirik shaxsning salomatlik holatini aniqlash uchun; - tirik shaxslarning yoshini aniqlash uchun; - ayrim o‘ta murakkab holatlarda. Ekspertiza ekspertlar komissiyasi tomonidan o'tkaziladi, olingan natijalar birgalikda tahlil qilinadi. Ekspertlar umumiy fikrga kelgahidan so‘ng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yo‘qligi to‘g‘risidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi. Ekspertlar yakdil xulosaga kelmagan taqdirda, ular barcha yoki ayrim masalalar bo'yicha alohida xulosa berishi mumkin. 3. Kompleks ekspertiza. Agar ish uchun ahamiyatli holatlami tibbiyotdan tashqari boshqa ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish o'tkazish yo'li bilangina aniqlash mumkin bo'lgan holatlarda kompleks sud-tibbiy ekspertizalar tayinlanadi. Masalan, odamlarning shikastlanishi yoki o'limiga olib kelgan murakkab yo'l-transport hodisalarida kompleks sud-tibbiy, avtotexnik ekspertiza tayinlanishi mumkin. Mazkur ekspertizani o'tkazishda har bir ekspert o‘z vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks ekspertiza xulosasida ekspertlarning har biri qaysi tekshiruvlami va qanday hajmda olib borganligi, qaysi holatni shaxsan o'zi aniqlaganligi hamda qanday fikrga kelganligi ko‘rsatiladi. Har bir ekspert xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgardir. Sud ekspertlari o'rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar bo'yicha alohida xulosa beradi. 4. Download 281.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling