1-dars: Sud tibbiyotining predmeti. Sud tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari


  Sud-tibbiy ekspertizaning prinsiplari


Download 281.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana23.02.2023
Hajmi281.43 Kb.
#1225003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 - Nazariy materiallar

1.3. 
Sud-tibbiy ekspertizaning prinsiplari 
Mazkur prinsiplar ko‘p yillik sud-tibbiy ekspertizalar amaliyotini o'rganish va tahlil 
qilish orqali deduktiv ravishda olingan natija, umumlashtirilgan faktlami anglatadi.
Sud-tibbiy ekspertizaning qator prinsiplari bo‘lib (jadval 1. 2. ), “Sud ekspertizasi 
to'g'risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunida qonuniylik, inson huquq va erkinliklariga 
rioya etilishi. sud ekspertining mustaqilligi, ekspert tekshimvlarining xolisligi, har 
tomonlamaligi va to'liqligi sud-ekspertlik faoliyatning asosiy prinsiplari tarzida e'tirof 
qilingan.
Ekspert tekshimvlari hamisha ilmiy asoslangan bo‘lishi lozim. Ekspertning protsessual 
mustaqilligi o‘z navbatida o'tkazilgan tekshimv, uning natijalari, ekspert xulosasi uchun 
uning shaxsiy mas'uliyatini vujudga keltiradi. Ekspert faqat o‘z vakolati doirasida faoliyat 
olib borishi muinkin. Ekspertning tashabbus huquqi tegishli qonunlarda qayd etilgan. 
Xususan, ekspert xulosada nafaqat o'zining oldiga qo'yilgan savollar, balki ushbu 


ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa masalalar bo'yicha ham 
fikrini bayon qilishi mumkin. 
Jadval 1. 2 
Sud-tibbiy ekspertiza ob'ektlari faqat ma'lum bir davr oralig'ida dalil manbai bo'lishi 
mumkin. Shu sababli ekspertiza ob'ektlarining identifikatsiya davrini inobatga olish 
ekspert tekshiruvining samaradorligini ta'minlashda muhimdir. Masalan: aksariyat 
shilinma va qontalashlami dastlabki 10-15 kungacha tekshirish maqsadga muvofiq; 
o'limdan so‘ng kasallik alomatlarini aniqlash uchun murda imkon qadar qisqa muddat 
oralig'ida tekshirilishi kerak.
Yuqorida qayd etilgan prinsiplarga rioya etilishi sud-tibbiy ekspertiza faoliyatining talab 
darajasida bo'lishini ta'minlaydi.
1.4. 
Sud-tibbiy ekspertizaning protsessual asoslari 
Sud-tibbiy ekspertiza faoliyati qonunchilik bilan chambarchas bog'liq va shuning uchun 
mutaxassislardan huquq sohasidagi ayrim tushuncha, atamalar haqida aniq tasawurga 
ega bo'lish talab etiladi.


Huquq - barcha uchun majburiy, davlat tomonidan kafolatlangan, ijtimoiy 
munosabatlami tartibga soluvchi me’yor, qoidalartizimi.
Qonun tushunchasi keng ma'noda asosan barcha me'yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat 
tomonidan belgilangan umummajburiy qoidalar, tartibni anglatadi.
Kodeks- ma’lum bir, sohadagi ijtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi huquqiy 
ine'yorlarning tizimlashtirilgan to'plami, ya'ni u huquqning ma’lum bir sohasiga tegishli 
qonunlarning majmuasidir .
Ko'pincha sud-tibbiy ekspertizalar jinoyatlar bo'yicha tergov jarayonida tayinlanadi, shu 
sababli ekspertiza faoliyatining turli jabhalari Jinoyat kodeksi va Jinoyat-protsessual 
kodeksida keltirilgan me'yorlar bilan uzviy bog'liq.
Jinoyat kodeksi- qonuniy hujjat bo‘lib, jinoiy javobgarlik holati va chegaralari, jinoyat 
sifatida e'tirof qilinadigan harakatlarning xususiyatlarini aniqlaydi va ular uchun jazo 
choralarini belgilaydi.
Jinoyat-protsessual kodeksi - jinoiy ishlami tergov qilish, sudda ko'rish tartibi va 
mazmuni, bu jarayonda ishtirok etuvchilarning huquqiy munosabatlarini belgilovchi 
huquqiy me'yorlarning tizimlashtirilgan to‘plamidir.
Amaldagi qonunlarga muvofiq sud ekspertizpsi, jumladan sud-tibbiy ekspertiza 
surishtimv, tergov idoralarining qarori yoki sud ajrimiga asosan o'tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 173-moddasida ekspertiza 
tayinlanishi va o'tkazilishi shart bo'lgan holatlar keltirilgan. Ushbu moddaning mazmuniga 
muvoftq quyidagilami aniqlash zamr bo'lganda tegishli sud-tibbiy ekspertiza tayinlanadi: 
1) 
o'limning sababini, yetkazilgan tan jarohatlarining xususiyati va og'irlik darajasini; 
2) 
jinsiy aloqada bo'lganlikni, homiladorlik holatini va homilani sun'iy yo‘l bilan tushirish 
belgilarini; 
3) 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, jabrlanuvchining yoshini, agar bu haqda 
hujjat bo'lmasa yoki hujjatlar shubha tug‘dirsa; 
4) 
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining, ustidan tibbiy yo'sindagi majburlov 
choralarini qo'llashga doir ish yuritilayotgan shaxsning jismoniy ahvolini
5) 
jabrlanuvchining, guvohning jismoniy holatini; 
6) 
tanosil va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan shaxslami davolash zarurligini va 
imkoniyatlarini.
Mazkur moddada bulardan tashqari ish uchun ahamiyatga molik va aniqlash uchun 
maxsus bilimlami qo‘llash zarur bo'lgan boshqa holatlarda ham sud-tibbiy ekspertiza 
tayinlanishi lozimligi e'tirof qilingan.
Aksariyat holatlarda sud-tibbiy ekspertiza jinoiy ishlar bo‘yicha surishtiruv, dastlabki va 
sud tergovi jarayonlarida tayinlanadi. Shuningdek, fuqarolik va ma'muriy huquqbuzarliklar 
ishlarini ko‘rib chiqishda ham sud-tibbiy ekspertiza tayinlanishi mumkin. Ekspert 
tekshimvlarining o'tkazilish joyiga qarab ekspertiza maxsus muassasada, ya'ni sud-tibbiy 
ekspertiza byurosida yoki undan tashqarida o'tkazilishi mumkin. Birinchi holda 


tekshimvlami o'tkazish uchun tegishli shart- sharoitlami ta'minlash muassasa rahbari 
vazifasiga kirsa, ikkinchida esa bu vazifa ekspertiza tayinlagan shaxsga yuklanadi. Ba’zan 
uchinchi- aralash variant bo'lib, unda tekshimvlarning bir qismi sud-tibbiy ekspertiza 
muassasasida, boshqa qismi esa undan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. Masalan, 
eksgumatsiya qilingan murda ekspertizasida jasad qabristonda ochilib, murdadan olingan 
materiallar sud- tibbiy ekspertiza byurosining laboratoriya tuzilmalarida tekshirilishi 
mumkin.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan sud-tibbiy ekspertiza muassasalarida asosan 
xizmat ko'rsatiladigan mintaqalar doirasida ekspertizalar o'tkaziladi.
Sud tergovi jarayonida sud-tibbiy ekspertizaning o'tkazilishi o'ziga xos protsessual 
xususiyatlarga ega. Xususan, sud majlisidagi ekspertizaning ijrosi dastlabki tergovda 
xulosa bergan ekspertlar yoki siid tayinlagan boshqa ekspertlarga yoxud ularning 
birgaligiga topshirilishi mumkin. Taraflarning iltimosi yoki o‘z tashabbusiga ko‘ra sud 
ekspertiza tayinlash haqida ajrim chiqaradi va uni sud majlisida o‘qib eshittiradi. Sud 
taraflarga ekspertiza tayinlash va o'tkazish bilan bog'liq holatlar bo‘yicha huquqlarini 
tushuntiradi.
Dastlabki tergovdan farqli ravishda, sud tergovida ekspert sud majlislarida to'liq qatnashib, 
ekspertiza predmetiga tegishli ish tafsilotlarini tekshirishda ishtirok etadi. Ekspert xulosa 
berish uchun ahamiyatli bo'lgan holatlar yuzasidan so‘roq qilinayotgan shaxslarga savol 
berish, yozma dalillar, tergov harakatlarining bayonnomalari, boshqa ekspertlarning 
xulosalari bilan tanishish huquqiga ega. Sud tergovi davomida ekspert oldiga qo'shimcha 
savollar qo'yilishi mumkin. Sud majlisida tasdiqlangan savollar ekspertga yozma ravishda 
taqdim etiladi.
Tegishli tadqiqotlar, xususan laboratoriya tekshiruvlarini o'tkazish zarur bo'lgan 
hollarda ekspertga tegishli ob'ektlar beriladi, unga xulosa tayyorlash uchun muhlat 
beriladi. Ekspert yozma xulosasini sud majlisida o‘qib eshittiradi, xulosa sud majlisi 
bayonnomasiga ilova qilinadi. Shundan so'ng ekspert bergan xulosasida bayon qilingan 
holatlar bo'yicha so'roq qilinishi mumkin.

Download 281.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling