1-dars: Sud tibbiyotining predmeti. Sud tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari
Sud-tibbiy ekspertiza hujjatlari
Download 281.43 Kb. Pdf ko'rish
|
1 - Nazariy materiallar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Document Outline
1.6.
Sud-tibbiy ekspertiza hujjatlari Sud-tibbiy ekspertiza faoliyatida yuritiladigan rasmiy hujjatlar ekspert xulosasi, tekshiruv dalolatnomasi, qayd etish jumallari, yoTlanmalarning shakli, mazmuni amaldagi qonunchilik talablarini inobatga olgan holda Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan. Barcha zamriy tekshimvlar o'tkazilib boTgach, ekspert xulosasi tuziladi. Ekspert xulosasi kirish, tadqiqot va yakunlovchi (to'xtam) qismlardan iborat bo’ladi. Xulosaning kirish qismida quyidagilar keltiriladi: - ekspertiza o'tkazilgan sana, joy; - ekspertiza o'tkazish uchun asos (qaror yoki ajrim); - ekspertiza tayinlagan organ (shaxs) haqidagi ma’lumotlar; - ekspert (ekspertlar) haqidagi ma’lumotlar, jumladan familiyasi, ismi- sharifi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, malaka toifasi, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi; - ekspertning huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi hamda tegishli jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; - ekspertiza ob'ekti haqidagi ma’lumotlar; - ekspertiza o'tkazishda hozir bo'lgan shaxslar haqida ma’lumotlar; - ekspertiza oldiga qo'yilgan savollar; - xulosa berish uchun ahamiyatli bo'lib, ekspert tomonidan asosiy ma’lumot sifatida qabul qilingan ish holatlari. Xulosaning tadqiqot qismida olib borilgan tekshiruv jarayonining to’la tavsifi, qo’llanilgan usullar va uning natijalari, aniqlangan faktlar bo'yicha ma’lumotlar beriladi. Mazkur qism strukturasi o'tkazilayotgan sud-tibbiy ekspertizaning turiga muvofiq o‘z xususiyatlariga ega bo'lib, ular alohida turdagi sud-tibbiy ekspertizalami o'tkazish qoidalarida belgilangan. Xususan, ushbu qismda ish materiallari, turli tibbiy hujjatlarning ekspert tahlili ma’lumotlari keltiriladi. Xulosaning tadqiqot qismi oddiy, maxsus bilimi bo’lmagan shaxs uchun tushunarli tilda bayon etilishi lozim. Xulosaning yakuniy qismi, ekspertiza oldiga qo'yilgan savollarga javob shaklida bayon qilinadi va u turli talqinga yoT qo'ymaydigan aniq tushunarli tilda berilishi kerak. Bundan tashqari ekspertning tashabbusiga ko'ra aniqlangan ish uchun ahamiyatli holatlar ham keltiriladi. Ekspert xulosasi to'xtamida huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ulami bartaraf etish bo'yicha tavsiyalar berilishi mumkin. To‘xtamda keltirilgan holatlar sud-tibbiy ekspertiza vakolati doirasida, ob'ektiv ma'lumotlardan kelib chiqqan, xolisona, to'laqonli, ilmiy asoslangan bo'lishi lozim. Ayrim holatlarda surishtiruv, tergov va sud idoralarining yozma topshiriqlari, ekspertlarning yo'llanmasiga asosan sud-tibbiy tekshimv o'tkazilib, unda “sud- tibbiy tekshimv dalolatnomasi” tuziladi. Ushbu hujjatni rasmiylashtirish “ekspert xulosasiga” o'xshash bo'lgam holda, tekshimvni o'tkazuvchi mutaxasis tomonidan huquq, majburiyatlari tushuntirilganligi va tegishli jinoiy javobgarlik bo‘yicha ogohlantirilganligi haqida tilxat berilmasligi hamda hujjatning yakuniy qismi “xotima” deb nomlanishi bilan farqlanadi. Amaldagi qonunchilikka binoan ekspert xulosasi surishtimvchi, tergovchi va sud tomonidan ish bo'yicha to'plangan boshqa dalillar qatorida ilmiy asoslanganligi va belgilangan protsessual qoidalarga rioya etilganligi nuqtai nazaridan baholanadi. Hech qandan ekspert xulosasi surishtimvchi, tergovchi va sud uchun oldindan muqarrar daliliy kuchga emas. Binobarin, ular ekspert xulosasiga qo'shilmasalar, bu holatni tegishli qaror yoki ajrimda asoslab berishlari lozim. Ayni shu talab ayniqsa bir ish bo'yicha o'tkazilgan bir necha ekspertizalarning natijalari farqli bo'lgan holatlarga ham taalluqlidir. Document Outline
Download 281.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling