1-dars: Sud tibbiyotining predmeti. Sud tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari


Download 281.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana23.02.2023
Hajmi281.43 Kb.
#1225003
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 - Nazariy materiallar

1.2. 
Sud tibbiyotining predmeti 
Sud tibbiyotining predmeti sud-tibbiy ekspertizaning nazariyasi va amaliyotidir. Ilk bor 
1948 yilda M. I. Avdeev sud tibbiyoti fani predmetining ilmiy asoslangan tizimini taklif 
etgan. Mazkur tizim sud-tibbiy amaliyotga asoslangan bo‘lib, sud-tibbiy ekspertiza 
ob'ektlari bilan uzviy bog'liqi Shundan kelib chiqqan holda, sud tibbiyoti fani predmetining 
tizimini quyidagicha belgilasa bo'ladi: 
1. 
Sud tibbiyotining rivojlanish tarixi; 
2. 
Sud-tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual masalalari


3. 
Turli tashqi omillar ta'sirida sog'liqning buzilishi va o‘lim; 
4. 
Murdani ko'zdan kechirish va sud-tibbiy ekspertizasi
5. 
Tirik shaxslarning sud-tibbiy ekspertizasi; 
6. 
Ashyoviy dalillarning sud-tibbiy ekspertizasi; 
7. 
Tergov va sud materiallari bo'yicha sud-tibbiy ekspertiza
8. 
Tibbiy xodimlarning kasb huquqbuzarliklari hollarida sud-tibbiy ekspertiza.
Sud tibbiyotining mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda, V. L. Popov (1999) fanning 
tarkibida asosan uchta - o‘lim va o'limdan keyingi o'zgarishlar, jarohatlar, shaxsning 
identifikatsiyasi to‘g‘risidagi ta’limotlami farqlaydi.
Hozirgi davrda sud tibbiyoti fani mazmunan quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 
1. 
Sud tibbiyoti fanining tarixi.
2. 
Sud-tibbiy ekspertizaning tashkiliy va protsessual asoslari.
3. 
Sud-tibbiy tanatologiya.
4. 
Sud-tibbiy travmatologiya.
5. 
Sud-tibbiy akusherlik va ginekologiya.
6. 
Sud-tibbiy toksikologiya.
7. 
Sud-tibbiy biologiya.
8. 
Turli tashqi omillarning ta'siri.
9. 
Shaxs, shikast qurolining identifikatsiyasi.
2002-yilda sud tibbiyoti fanining tarkibiy qismi bo‘lgan “Tibbiy xodimlarning, kasb 
huquqbuzarliklari” alohida fan - “Vrach faoliyatining huquqiy asoslari” sifatida ajralib 
chiqdi.

Download 281.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling