1-dars: tasviriy san’atning ifodaviy vositalari haqida suhbat (reproduksiyalarni tahlil qilish asosida) Darsning turi


Download 1.12 Mb.
bet8/14
Sana04.02.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1159361
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
5-sinf dars ishlanma

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.


III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
3. Yangi mavzuni tushuntirish;
O’quvchilarga tasviriy san’atning boshqa san’at turlaridan o’ziga xos farqi,uning bir necha turlarga bo’linishi ya’ni rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik, me’morchilik, amaliy bezak va dizayn san’at turlari haqida qisqacha ma’lumotlar beriladi.Ko’rgazmali qurollar orqali rassomlarning qala mtasvir ishlari namoyish etilib, tahlil etiladi.Ayniqsa qalamtasvir turida ijod qilayotgan rassomlar qanday ifoda vositalaridan unumli foydalanishlari haqida batafsil to’xtalib, kengroq tushuncha beriladi .Qalamdan tashqari turli shtrixlar kabi ish texnikasidan foydalanishlari aytiladi.O’quvchlarning tushunmagan savollariga javob berib boriladi, ularning estetik dunyoqarashlarini o’stirib boriladi.Asarni tahlil etish usullari misollar bilan tushuntiriladi.Doskada bir nechta tasvirlar orqali shtrixlash ya’ni tusli tasvirlash amalda bajarib ko’rsatiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Bunda o’quvshilarga didaktik tarqatmali materiallardan foydalanib, ulardan tasviriy san’atning qaysi turlari aks ettirilganligi haqida so’raladi,bu rasmlarni tahlil etib berishlari aytiladi.Mustahkamlash uchun qalam bilan ishlash jarayoni haqida so’ralgandan so’ng, o’quvchilar amaliy ishga jalb qilinadi “Kim chaqqon” metodik o’yinlardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.
V. Dars yakunlarini chiqarish .
1. O'quvchilarda paydo bo'lgan savollarga javob berish;
2. Baholarni e'lon qilish.
3.O’quvchilar aytib o’tgan fikrlari to’planib tahlil va xulosa qilinadi va darsning eng so’nggi xulosasi chiqariladi


V I. Uyga vazifa
Rassomlar ijodidan reproduksiyalar,fotosuratlar yug’ish,turli texnikada ijodiy ishlarni bajorib kelish.Qalamda turli shtrixlar yordamida tasviriy shakillar chizib kelish.



Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling