1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati


-rasm 9-rasm. Davlat tashqi qarzining kreditorlar ksemida taqsimlanishi


Download 0.87 Mb.
bet10/12
Sana05.10.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1692836
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1. Davlat qarzi tushunchasi va mohiyati

9-rasm

9-rasm. Davlat tashqi qarzining kreditorlar ksemida taqsimlanishi
Davlat tashqi qarzi portfeli valuta tarkibining 70 foizi – dollar, 11,3 foizi – yapon iyenasi, 9,5 foizi – SDR (maxsus qarz olish huquqlari), 5,1 foizi – yevro, 4,1 foizi – boshqa valutalardagi tashqi qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

  • Moliya vazirligi hisoboti davlat qarziga oid bo‘lib, undan xususiy tashqi qarzlar o‘rin olmagan. Xususiy tashqi qarz haqida Markaziy bank so‘nggi marta 2020 yil 1 oktyabr holati bo‘yicha ma'lumot bergan, o‘shanda xususiy sektor qarzi 10 milliard dollardan oshgani ma'lum bo‘lgandi.

  • Markaziy bank O‘zbekistonning 2020 yil uchun to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarzi ko‘rsatkichlarining hisobotini 2021 yil mart oyida taqdim etadi5

O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 2019 yil boshidan 40,9 foizga yoki 7,1 milliard dollarga oshgan holda, 2020 yil 1 yanvar holatiga 24,4 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytilgan.
2019 yilda qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga to‘g‘ri keldi (5,7 milliard dollar), shundan 1 milliard dollari xalqaro obligatsiyalar hisobiga shakllangan.
Banklar va iqtisodiyotning boshqa sektor korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 1,4 milliard dollarga oshdi.
Qayd etilishicha, 2019 yil davomida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 2,8 milliard dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar – 2,1 milliard dollar, neft-gaz va energetika tashkilotlari – 208,2 mln. dollar, to‘qimachilik sektori korxonalari – 131 mln. dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari – 391,2 mln. dollar tomonidan amalga oshirildi.
Shuningdek, o‘rganilayotgan davr mobaynida davlat tashqi qarzi bo‘yicha 451,5 mln. dollar miqdordagi asosiy qarz va 294,7 mln. dollar miqdordagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.
Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 1,5 mlrd. dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 411,8 mln. dollarni tashkil qildi. Bunda, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lovlarning eng katta qismini hanuzgacha neft-gaz va energetika sektori korxonalari hamda banklar amalga oshirmoqda.
2020-yil 1-aprel holatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldigʻi dastlabki hisob-kitoblarga koʻra 18,2 mlrd. AQSH dollari ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulotga (YAIM) nisbatan 31,3 foizni tashkil etdi.
Moliya vazirligi xabariga koʻra, I chorakda davlat tashqi qarzi 0,5 mlrd. AQSH dollariga yoki yil boshiga nisbatan 2,9 foizga oshib, joriy yilning 1-aprel holatiga 16,11 mlrd. AQSH dollariga yoki YAIMga nisbatan 27,7 foizga yetdi.
Shundan:
Hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz - 10,9 mlrd. AQSH dollari;
Hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,2 mlrd. AQSH dollari.
Davlat ichki qarzi 20,0 trln. soʻmni (2,1 mlrd. AQSH dollari) yoki YAIMga nisbatan 3,6 foizni tashkil etdi.
Shundan:
Hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 1,7 trln. soʻm (0,2 mlrd. AQSH dollari);
Hukumat kafolatlagan ichki qarz – 18,3 trln. soʻm (1,9 mlrd. AQSH dollari).
Bildirilishicha, davlat qarzining soʻngi yillardagi oʻsishi dinamikasiga qaramay, xalqaro meʼyorlarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat qarzi (YAIMga nisbatan 31,3 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YAIMga nisbatan 27,7 foiz) moʻtadil darajada saqlanib qolmoqda.
Jahon banki va Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Qarz barqarorligi tahliliga koʻra, oʻzining iqtisodiy salohiyati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining davlat qarziga xizmat koʻrsatish salohiyati kuchli hisoblanadi va ushbu mamlakatlarda davlat tashqi qarzi uchun meʼyor Yalpi ichki mahsulotning 50 foizgacha tashkil etishi mumkin.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling